Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston har oyda 1 mlndan ortiq xorijiy sayyohlarni qabul qilmoqda
Mamlakat tarixida birinchi marta xorijiy sayyohlar soni rekord ko‘rsatkichlarni namoyish etmoqda – 2025 yil aprel oyidan boshlab O‘zbekiston har oyda 1 milliondan ortiq xorijiy turistlarni qabul qilmoqda.
Foto: Turizm qo‘mitasi
Turizm qo‘mitasi ma’lumotiga ko‘ra, shu tariqa, joriy yilning to‘qqiz oyida O‘zbekistonga 8,6 milliondan ortiq xorijiy turist tashrif buyurdi, bu esa o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 112,5 foizga ko‘pdir.
Ushbu ko‘rsatkich davlatlar kesimida – 2025 yilda postpandemik 2022 yilga nisbatan turistlar oqimining o‘sishi Britaniyadan 2,6 baravar, Qatardan 6,2 baravar, AQShdan 3 baravar, Fransiyadan 2,9 baravar, Rossiyadan 2,1 baravar, Vengriyadan 3,3 baravar, Germaniyadan 2,5 baravar, Polshadan 6,2 baravarga yetdi.
Shuningdek, 2025 yilda turistik xizmatlar eksporti ham rekord darajaga — 3,6 milliard AQSh dollaridan oshdi.
Yetakchi jahon media platformalari bilan faol hamkorlik, xorijda keng ko‘lamli roud-shoular, xalqaro ko‘rgazmalarda ishtirok etish va chet el ommaviy axborot vositalarida chop etilgan maqolalar O‘zbekiston brendini global miqyosda sezilarli darajada mustahkamladi.
Mavzuga oid
23:37 / 17.12.2025
O‘zbekiston Yevropa Ittifoqi bilan viza tartibini soddalashtirish bo‘yicha muzokara o‘tkazdi
22:17 / 17.12.2025
O‘zbekiston dunyoda sayyohlar oqimi eng tez o‘sayotgan mamlakatlar qatoriga kirdi
11:52 / 16.12.2025
Statistika: Fransiya fuqarolarining O‘zbekistonga tashrifi oshib bormoqda
11:42 / 11.12.2025