Jamiyat | 10:11 / 16.10.2025
5234
1 daqiqa o‘qiladi

Shota Rustaveli ko‘chasida avtobus va ikkita mashina o‘zaro to‘qnashdi

Yakkasaroy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi haqida ma’lumot taqdim etildi.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar

Joriy yilning 15 oktyabr kuni soat 17:05 larda Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida yo‘l-transport hodisasi yuz berdi.

Toshkent shahar IIBB YHXB xabariga ko‘ra, Lacetti, Hongqi rusumli avtomashinalar va King Long rusumli avtobus o‘zaro to‘qnashuvi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

YTH natijasida tan jarohati olganlar yo‘q.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB mas’ul xodimlari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров

Mavzuga oid