Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Parlamentlararo ittifoq assambleyasida O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi
Parlamentlararo ittifoq 151-assambleyasining “Inqiroz sharoitida insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish va insonparvarlik harakatlarini qo‘llab-quvvatlash” mavzusidagi yalpi majlisida Senat raisi Tanzila Norboyeva boshchiligidagi O‘zbekiston parlament delegatsiyasi ishtirok etdi.
Foto: Senat.uz
Senat raisi o‘z chiqishida dunyoda kechayotgan turli nizolar, inqirozlar va gumanitar tahdidlar millionlab insonlarning hayotiga jiddiy salbiy ta’sir ko‘rsatayotganini ta’kidladi. Bunday sharoitda parlamentlar insonparvarlik tamoyillarini ilgari surish va inson hayotini asrashda hal qiluvchi rol o‘ynashi zarurligi alohida qayd etildi.

Assambleyada O‘zbekistonning insonparvarlik sohasidagi tashabbuslari ilgari surildi. Ta’kidlanganidek, hozirgi kunda dunyo bo‘ylab 120 dan ziyod qurolli to‘qnashuvlar natijasida 310 millionga yaqin insonlar yordamga muhtoj bo‘lib, bu insonparvarlik me’yorlariga rioya qilish masalasini yanada dolzarb etmoqda.

O‘zbekiston xalqaro insonparvarlik harakatlarida faol ishtirok etib, notinch mintaqalardagi muhtoj aholiga uy-joy, tibbiy xizmat va ijtimoiy ko‘mak ko‘rsatish orqali amaliy yordam bermoqda. Bu sa’y-harakatlar mamlakatimizning insonparvarlik va xalqaro hamjihatlik tamoyillariga sodiqligini yaqqol namoyon etmoqda.

Majlis doirasida parlamentlar o‘rtasida qonunchilik va raqamli hamkorlikni chuqurlashtirish, gumanitar resurslarni samarali va manzilli yo‘naltirish, global tashabbuslarga moliyaviy ishtirokni kengaytirish, shuningdek, insonparvarlik sohasida yuqori malakali kadrlar tayyorlashga oid aniq takliflar ham ilgari surildi.




Mavzuga oid
09:47 / 20.12.2025
Mehnat inspeksiyasi hisoboti Senatda tanqid qilindi: nazorat 32 foizga kamaygan
18:17 / 18.12.2025
2026 yilda asosiy soliqlar bo‘yicha stavkalar o‘zgarmaydi
13:32 / 18.12.2025
Senat 2026 yilgi davlat budjetini ma’qulladi
21:24 / 03.12.2025