Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Maktab direktorlari va o‘rinbosarlariga KPI asosida har oylik ustama joriy etildi
Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 21 oktyabrdagi 662-sonli qaroriga muvofiq, umumta’lim maktabi direktori va uning o‘rinbosarlarini faoliyat samaradorligi (KPI) bo‘yicha baholab, har oylik ustama to‘lash tartibi joriy etildi. Ustama miqdori yig‘ilgan ballarga bog‘liq tarzda belgilanadi; moliyalashtirish jamg‘arma mablag‘lari hisobidan amalga oshiriladi.
Foto: Kun.uz
Qarorga ko‘ra, rahbar xodimlar faoliyati Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tasdiqlagan metodika asosida baholanadi. Ballar diapazoniga qarab ustamalar quyidagicha belgilanadi:
direktorlar uchun:
61–70 ball — 3 foiz;
71–80 ball — 10 foiz;
81–90 ball — 15 foiz;
91–100 ball — 20 foiz;
direktor o‘rinbosarlari uchun:
61–70 ball — 2,5 foiz;
71–80 ball — 5 foiz;
81–90 ball — 7,5 foiz;
91–100 ball — 10 foiz.
Ustamalar jamg‘arma mablag‘lari hisobidan to‘lanadi. Direktor yoki o‘rinbosar kamida 9 oy asosiy lavozimida ishlagan bo‘lishi shart.
Isticno holat: xalqaro fan olimpiadalarida o‘quvchilari g‘olib bo‘lgan maktab direktorlariga yuqori cheklar bo‘yicha cheklovlar tatbiq etilmaydi.
KPI baholash metodikasi va hisob-kitob tartibi Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hujjatlari bilan tasdiqlanadi.
Ustama faqat belgilangan mezonlar bo‘yicha yakka tartibdagi ball natijalariga asosan tayinlanadi.
Mavzuga oid
14:34 / 30.03.2026
Namanganda 6-sinf o‘quvchisiga jinsiy zo‘ravonlik qilgan o‘qituvchi qamoqqa olindi
12:30 / 14.03.2026
Karmana tuman hokimi o‘qituvchilarni hokimlikka yig‘ib, qariyb 1 soat turg‘izib qo‘ydi
18:53 / 11.03.2026
Bekobodda 11-sinf o‘quvchisi o‘ldirildi: gumonlanuvchilar qo‘shni maktab o‘quvchilari
13:22 / 09.03.2026