Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda naqqoshlik san’ati markazi ochildi
Markaz talabalari XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqshlarni o‘rganadi. Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Britaniyaning King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oshirilgan loyiha faoliyati bilan tanishdi.
Foto: Saida Mirziyoyeva / Telegram
Toshkentda “Naqsh” hunarmandchilik maktabi ochildi. Loyiha Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasi hamda Britaniyaning eng qadimiy an’anaviy san’at maktabi – King jamg‘armasi (KFSTA) bilan hamkorlikda amalga oshirildi.
Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva maktab faoliyati bilan tanishdi.

KFSTA – ko‘p yillardan buyon dunyoning turli burchaklaridan kelgan ustalarga me’morchilik, naqsh, xattotlik va amaliy san’at sirlarini o‘rgatib kelayotgan maskandir. Endilikda bu boy tajribadan O‘zbekistonda ham bahramand bo‘lish imkoni paydo bo‘lmoqda.

“Naqsh” maktabining birinchi o‘quv yili besh kursdan tashkil topadi. Dastlabki mashg‘ulotlar Toshkentda, 2-bosqich Samarqandda – Ulug‘bek madrasasida o‘tkazilib, talabalar XV asr yodgorliklari misolida islom san’atiga oid naqshlarni o‘rganadi.
“Qadimiy hunarlar zamon bilan hamnafas bo‘layotgani, ustalar esa ularni avloddan avlodga yetkazish uchun ilhom olayotgani quvonarli hol”, – dedi Saida Mirziyoyeva.



Mavzuga oid
20:18 / 19.12.2025
Saida Mirziyoyeva Walt Disney kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashdi
11:51 / 18.12.2025
"Bu - birlamchi tibbiy xizmat tizimidagi katta muammolarning aksi" - Saida Mirziyoyeva Urgutdagi oilaviy poliklinikada bo‘ldi
10:11 / 18.12.2025
Saida Mirziyoyeva Urgutga yangi temiryo‘l orqali bordi
21:39 / 15.12.2025