Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ukraina dronlari Moskva, RF mintaqalaridagi NQZ va kimyo zavodiga hujum qildi
Ukraina dronlari 29 oktyabrga o‘tar kechasi Mariy El va Ulyanovsk viloyatlaridagi neftni qayta ishlash zavodlari (NQZ), shuningdek Stavropol o‘lkasidagi kimyo korxonasiga zarba berdi. Moskva tomonga yaqinlashgan dronlar ham urib tushirilgani haqida Sergey Sobyanin xabar berdi.
Foto: Telegram / exilenova_plus
Ukrainaning Exilenova+ Telegram-kanali mahalliy aholi tomonidan yozib olingan videolarni e’lon qildi: ularda Stavropol o‘lkasining Budyonnovsk shahridagi “Stavrolen” kimyo zavodida, Ulyanovsk viloyati Novospasskoye qishlog‘idagi “NS-Oyl” NQZda va Yoshkar-Ola shimolida (Mariy El Respublikasi) joylashgan Mariy NQZdagi yong‘inlar ko‘rinadi. Oxirgi korxona Ukraina chegarasidan 1000 km uzoqlikda joylashgan.
Bu obektlarga hujumlar haqida “VChK-OGPU”, Supernova+ va “ChP Budyonnovsk” kabi Telegram-kanallar ham xabar berdi. Ulyanovsk viloyati gubernatori Aleksey Russkix Novospasskoye bo‘yicha hujumni tasdiqladi. Stavropol o‘lkasi gubernatori Vladimir Vladimirov Budyonnovsk sanoat zonasiga dronlar hujumi urinishi bo‘lganini, vayronagarchilik yo‘qligini ma’lum qildi. Mariy El hokimiyati zarbalarni izohlamadi.
Moskva meri Sergey Sobyaninning bayonotiga ko‘ra, 29 oktyabr tuni poytaxtga yaqinlashgan jami yettita ukrain droni urib tushirilgan. Rosaviatsiya Moskva aeroportlari — Domodedovo, Jukovskiy, Sheremetevo, shuningdek Kaluga, Volgograd, Saratov, Samara, Penza, Ulyanovsk aeroportlari ishiga vaqtincha cheklovlar joriy etdi. Bir necha soatdan keyin cheklovlar bekor qilindi.
RF Mudofaa vazirligi 28 oktyabr kechqurun Ukrain QKning 57 ta droni, jumladan Moskva tomon uchib kelayotganlari yo‘q qilinganini bildirdi. Ulyanovsk viloyati, Stavropol o‘lkasi va Mariy El bo‘yicha zarbalar haqida harbiylar ma’lumot bermagan.
Ukraina tomonining bu hujumlar yuzasidan rasmiy izohi hozircha yo‘q.
Mavzuga oid
23:06 / 19.12.2025
Turkiya mamlakat hududiga Rossiya droni qulaganini ma’lum qildi
22:42 / 19.12.2025
Ukraina O‘rtayer dengizida birinchi marta Rossiyaning «yashirin floti» tankeriga zarba berdi
22:17 / 19.12.2025
Putin katta matbuot anjumanini o‘tkazdi va jang maydonidagi muvaffaqiyatlarni e’lon qildi
21:57 / 19.12.2025