Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Tramp va Si AQSh va XXR o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish niyatida
AQSh prezidenti Donald Tramp va Xitoy raisi Si Jinping Janubiy Koreyaning Pusan shahridagi muzokaralar oldidan o‘z mamlakatlari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni bartaraf etish va Vashington bilan Pekin o‘rtasidagi hamkorlikni chuqurlashtirishni istashini bayon etdi. Bu haqda ikki siyosatchi 30 oktyabr kuni ma’lum qildi.
Foto: Andrew Caballero-Reynolds/AFP/Getty Images
Tramp Sini “ko‘p yillik do‘st” va “ulkan mamlakatning buyuk yetakchisi” deb atadi. Uning ta’kidlashicha, AQSh va Xitoy o‘rtasida “uzoq muddatli ajoyib munosabatlar” o‘rnatilishiga umid bor.
“Biz ma’lum muhokamalarni o‘tkazamiz. O‘ylaymanki, ko‘p masalalar bo‘yicha allaqachon kelishib olganmiz va hozir yana ko‘proq masalada kelishuvga erishamiz”, — dedi AQSh prezidenti.
Si Jinping esa o‘z navbatida “dunyoning eng yirik ikki iqtisodiyoti o‘rtasida vaqti-vaqti bilan tortishuvlar paydo bo‘lishi tabiiy” ekanini qayd etdi hamda “Xitoy va AQSh hamkor va do‘st bo‘lishi kerak”, dedi. “Men doimo Xitoyning rivojlanishi sizning ‘Amerikani yana buyuk qilish’ g‘oyalaringiz bilan qadamma-qadam boradi, deb ishonaman”, — deya qo‘shimcha qildi Si.
U, shuningdek, yaqin kunlarda AQSh va Xitoy delegatsiyalarining iqtisod va savdo bo‘yicha muzokaralari bo‘lib o‘tganini aytdi. “Asosiy muammolarimiz yechimini topish borasida ular bazaviy konsensusga erishdi”, — dedi XXR raisi.
Si Jinping G‘azo sektoridagi o‘t ochishni to‘xtatish va Tailand hamda Kambodja o‘rtasidagi mojaroni tartibga solishga qo‘shgan hissasi uchun Trampga minnatdorlik izhor etdi. U so‘zining davomida Pekin butun dunyodagi turli mintaqalarda tinchlikka intilishini ta’kidladi.
AQSh va Xitoy rahbarlari jurnalistlar savollariga javob bermadi. Kirish so‘zlaridan so‘ng muzokaralarning yopiq qismi boshlandi.
Mavzuga oid
20:18 / 18.12.2025
Oq uyda Obama va Baydenni mazax qiluvchi lavhalar o‘rnatildi
16:03 / 18.12.2025
«Bojlar – mening sevimli so‘zim». Tramp xalqqa murojaat qildi
09:11 / 18.12.2025
AQSh Kongressi rekord darajadagi mudofaa budjetini qabul qildi
23:50 / 17.12.2025