Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Afg‘oniston TIV rahbarlari telefon orqali muloqot qildi
Baxtiyor Saidovning bildirishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashilgan.
Foto: TIV
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov bugun Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy bilan telefon orqali suhbatlashdi.
«Afg‘oniston tashqi ishlar vaziri vazifasini bajaruvchi Mavlaviy Amir Xon Muttaqiy janoblari bilan samarali telefon muloqotini o‘tkazdik, - deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining telegram-kanalida.
Saidovning bildirishicha, suhbat chog‘ida ikki mamlakat o‘rtasidagi ikki tomonlama kun tartibi va mintaqaviy jarayonlar yuzasidan fikr almashilgan.
“Muloqot va diplomatiya mavjud chaqiriqlarga yechim topishda hamda o‘zaro tushunishni mustahkamlashning eng samarali vositasi ekanligini alohida ta’kidladik», deya qo‘shimcha qilgan O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri.
Mavzuga oid
19:10
O‘zbekiston va Qozog‘iston temiryo‘l tashuvlari hajmini oshiradi
15:21 / 20.02.2026
2025 yilda O‘zbekiston bug‘doy uni importini qisqartirdi
06:00 / 19.02.2026
Prezident ikki tomonlama hujjatlarni imzolashga bag‘ishlangan marosim va qo‘shma loyihalar taqdimotida ishtirok etdi
05:55 / 19.02.2026