Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya Sumi viloyatiga hujum qildi: bir kishi halok bo‘ldi, yaralanganlar bor
3 noyabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari hujumkor uchuvchisiz apparatlar bilan Sumi viloyatiga hujum qildi. Viloyat harbiy ma’muriyati (VHM) rahbari Oleg Grigorov ma’lum qilishicha, Trostyanets jamoati hujum ostida qolgan. «Rossiyaliklar odamlarni kechasi, ular uxlayotgan paytda nishonga oldi», - deb yozdi u Telegram’da.
Foto: Oleg Grigorov
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, bir kishi halok bo‘lgan. Qutqaruvchilar vayronalar ostidan yana uch kishini chiqarib oldi, ularga zarur tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hujum joyida qidiruv-qutqaruv ishlari davom etmoqda, boshqa oqibatlar aniqlanmoqda, deya qo‘shimcha qildi Grigorov.
2 noyabr kechqurun Rossiya qo‘shinlari Sumi viloyatining Lebedin jamoatiga qarashli qishloqqa raketa zarbasi bergan. Hujum natijasida 55 va 65 yoshli ikki ayol yaralandi, turar joy sektoriga shikast yetdi.
O‘tgan tun Shahed turidagi Rossiya dronlari hujumidan Mikolayiv viloyati ham jabr ko‘rdi, deb xabar berdi VHM rahbari Vitaliy Kim. Energetika infratuzilmasiga shikast yetgani qayd etildi. «12 ta aholi punktida elektr o‘chdi, hozircha barcha iste’molchilar elektr energiyasi bilan ta’minlandi. Jabrlanuvchilar yo‘q», — deb yozdi u.
Mikolayiv shahrida dron hujumlari oqibatida maishiy-xo‘jalik mollari supermarketida yong‘in chiqqan, u tongga qadar o‘chirilgani qo‘shimcha qilindi. Bundan tashqari, korxonalardan biri hududidagi binolar, ikkita avtomobil va ko‘p qavatli uyning oynalariga zarar yetdi. Jabrlanganlar yo‘q.
https://www.dw.com/ru/rossia-atakovala-sumskuu-oblast-est-zertva-i-postradavsie/a-74592588
Mavzuga oid
23:10 / 18.12.2025
Estoniya Rossiya harbiylari chegarani buzganini ma’lum qildi
16:40 / 18.12.2025
«Yevropalik cho‘chqachalar qulashimizdan umid qilgan» - Putin Bayden ma’muriyati va yevropaliklarni urushni boshlashda aybladi
16:35 / 18.12.2025
Rossiya Mudofaa vazirligi: 2025 yilda Ukrainadagi urushga 11 trln rubl sarflanadi
16:08 / 18.12.2025