Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Orfan va irsiy kasalliklarga chalingan bolalarga yordam dasturi tasdiqlandi
Prezidentning PQ–331-son (03.11.2025 y.) qarori bilan 2026–2030 yillarda kam uchraydigan (orfan) va boshqa irsiy-genetik kasalliklarga chalingan bolalarga tibbiy-ijtimoiy yordamni tashkil etish bo‘yicha davlat dasturi qabul qilindi. Hujjat bepul davolash qamrovini kengaytirish va ta’minotni oshirishga qaratilgan.
Foto: iStock
Qarorga muvofiq, dasturning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
- davlat budjeti hisobidan bepul davolanadigan orfan va irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 tagacha kengaytirish;
- ushbu toifadagi bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqat va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanish darajasini 95%dan 99%gacha ko‘tarish;
- bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.
Qo‘shimcha tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan orfan/irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18–21 yoshli bemorlar bepul tibbiy kuzatuvga olinadi va davolash ishlari davom ettiriladi.
Dastur doirasida diagnostika va reabilitatsiya sifatini oshirish, ta’minot zanjirini barqarorlashtirish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qaror ijrosi erta tashxis va barvaqt davolash imkoniyatlarini kengaytiradi, tibbiy yordamning shaffofligi va qamrovini oshiradi.
Mavzuga oid
10:31 / 30.03.2026
Issiqxona xo‘jaliklariga yangi imtiyozlar beriladi
09:37 / 30.03.2026
Uchta yangi milliy tabiat bog‘i tashkil etiladi
08:27 / 17.03.2026
Loyihaoldi hujjatlar ekspertizasida bir qator amaliyotlar bekor qilinadi
20:07 / 08.03.2026