Qarorga muvofiq, dasturning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:

  • davlat budjeti hisobidan bepul davolanadigan orfan va irsiy-genetik kasalliklar turini 5 tadan 10 tagacha kengaytirish;
  • ushbu toifadagi bolalarning dori vositalari, maxsus oziq-ovqat va tibbiy jihozlar bilan ta’minlanish darajasini 95%dan 99%gacha ko‘tarish;
  • bolalar salomatligini muhofaza qilish va tiklashga qaratilgan tibbiy-ijtimoiy xizmatlarni kengaytirish.

Qo‘shimcha tartibga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan orfan/irsiy-genetik kasalliklarga chalingan 18–21 yoshli bemorlar bepul tibbiy kuzatuvga olinadi va davolash ishlari davom ettiriladi.

Dastur doirasida diagnostika va reabilitatsiya sifatini oshirish, ta’minot zanjirini barqarorlashtirish hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari bosqichma-bosqich joriy etiladi. Qaror ijrosi erta tashxis va barvaqt davolash imkoniyatlarini kengaytiradi, tibbiy yordamning shaffofligi va qamrovini oshiradi.