Jamiyat | 11:36 / 07.11.2025
17056
1 daqiqa o‘qiladi

Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari vafot etdi

Baxtiyor Mansurov 40 yildan ortiq umrini mamlakat qurolli kuchlariga bag‘ishlagan, mudofaa vazirligi hamda chegara qo‘shinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.

2025 yil 5 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari qo‘mondoni o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Mo‘minovich Mansurov 68 yoshida vafot etdi.

Baxtiyor Mansurov 1957 yil 27 fevral kuni Jizzax shahrida tug‘ilgan.

40 yildan ortiq umrini mamlakat qurolli kuchlariga bag‘ishlagan Mansurov 1979 yildan mudofaa vazirligi hamda chegara qo‘shinlarida turli rahbarlik lavozimlarida xizmat qilgan.

U uzoq yillik xizmat faoliyati davomida turli mukofotlarga loyiq ko‘rilgan. Xususan, 2024 yilda Chegara qo‘shinlarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash va rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun «O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan.