Texnologiya | 21:22 / 09.11.2025
3218
1 daqiqa o‘qiladi

SanDisk dunyodagi eng kichik 1 TB fleshkani taqdim etdi

SanDisk Extreme Fit USB-C deb nomlangan bu model hajmi atigi 18,5 × 15,7 × 13,6 mm, og‘irligi esa 3 gramm. U shunchalik ixchamki, noutbukda doim tursa ham deyarli sezilmaydi.

Fleshka USB 3.2 Gen 1 texnologiyasida ishlaydi va 400 MB/sekundgacha tezlik bilan fayllarni o‘qiy oladi. U Windows, macOS va iPadOS tizimlariga mos.

SanDisk’ning Memory Zone dasturi yordamida foydalanuvchilar fayllarni boshqarish, zaxira yaratish va xotirani bo‘shatishlari mumkin.

Fleshka 64 GB dan 1 TB gacha bo‘lgan sig‘imlarda sotiladi, 1 TB versiyasi esa 120 dollar turadi.

Raqamli dunyoda adashib qolmaslik va shunday yangiliklardan birinchilardan bo‘lib xabardor bo‘lish uchun KUN.UZ Texnologiya nomli Telegram va techno.kun.uz Instagram sahifasini kuzatib boring.

Аббос Юсуфжонов
Tayyorlagan Аббос Юсуфжонов

Mavzuga oid