Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Aloqa operatorlari abonent to‘lovini oshirayotgani yuzasidan tekshiruv boshlandi
Mobil aloqa operatorlari narxlarni oshirayotganini “xizmat sifatini yaxshilash va qamrovni kengaytirish” xarajatlari bilan izohlagan. Raqobat qo‘mitasi vaziyatni o‘rganmoqda. Agar kompaniyalar o‘zaro kelishgan holda narx oshirayotganiga ishora qiluvchi alomatlar aniqlansa, tegishli choralar ko‘riladi.
Foto: Kun.uz
O‘zbekistonda mobil aloqa operatorlari narxlarni oshirayotgani yuzasidan Raqobat qo‘mitasi tomonidan o‘rganishlar boshlandi.
Qo‘mita xabariga ko‘ra, noyabr oyi boshida aloqa kompaniyalariga so‘rovlar yuborilgan.
“Bugungi kunga qadar, xizmat sifatini yaxshilash va qamrovini kengaytirish yuzasidan aloqa operatorlari tomonidan amalga oshirilayotgan xarajatlarning narxlarga ta’siri to‘g‘risida taqdim etilgan ma’lumotlar ko‘rib chiqilmoqda.
O‘rganish natijalarida operatorlar tomonidan raqobatga zid harakatlar, xususan muvofiqlashtirilgan harakatlarning alomatlari aniqlangan taqdirda o‘rnatilgan tartibda tekshirish o‘tkaziladi va ushbu holatlar tasdiqlanganda amaldagi qonunchilikka muvofiq qat’iy choralar ko‘rilishi ma’lum qilinadi”, – deyiladi iste’molchilar huquqlarini himoyalovchi organ axborotida.
Mavzuga oid
15:10 / 03.02.2026
UzAirways yo‘lovchilari reysga kechikkanda, qaytish chiptasi bekor qilinmaydigan bo‘ldi
08:57 / 29.01.2026
15,5 mlrd so‘mlik tenderda qonunbuzilishlar aniqlandi
19:59 / 27.01.2026
Tarif rejasini o‘zgartirish bepul – Mobil aloqa xizmati qoidalari o‘zgartirildi
11:48 / 25.01.2026