Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Soliqdan eng ko‘p qarzi bor qurilish kompaniyalari ma’lum qilindi
Soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish kompaniyalarining umumiy qarzi 1,2 trln so‘mdan oshdi. Shundan 311 mlrd so‘mi 10 ta kompaniya hisobiga to‘g‘ri keladi.
Foto: Kun.uz
2025 yil 1 noyabr holatiga soliq qarzi 100 mln so‘mdan yuqori qurilish korxonalari soni 1209 tani tashkil etyapti, deya xabar berdi Soliq qo‘mitasi.
Ularning umumiy qarzdorligi 1,2 trln so‘mdan oshgan. Shundan 311,2 mlrd so‘mi, ya’ni 23,9 foiz soliq qarzi eng yirik bo‘lgan 10 ta korxona hisobiga to‘g‘ri keladi:
- “Mohir-Quruvchi” MChJ – 65,3 mlrd so‘m;
- “Avtosanoat-Injiniring” MChJ – 63,9 mlrd so‘m;
- “Aziya Invest Favorit” MChJ – 63,9 mlrd so‘m;
- “Tamirlash Qurish Servis” MChJ – 50,3 mlrd so‘m;
- “Fayz Design” MChJ – 18,5 mlrd so‘m;
- “DSK Binokor” MChJ – 13,7 mlrd so‘m;
- “Bright Industry Buildings the Future” MChJ – 11,6 mlrd so‘m;
- “Zarafshon Buildings” MChJ – 8,4 mlrd so‘m;
- “Dilum Nur Story” MChJ – 8 mlrd so‘m;
- “Ulug’bek Osiyo Qurilish” MChJ – 7,6 mlrd so‘m.

Hududlar kesimida korxonalarning soliq qarzdorligi ko‘rsatkichi Toshkent shahrida 391 mlrd so‘mni, Toshkent viloyatida 322,7 mlrd so‘mni Andijon viloyatida 147,9 mlrd so‘mni tashkil etgan.
Mavzuga oid
17:29 / 31.03.2026
Yangi uylarning tomi ham bazalt bilan qoplanadi
14:26 / 31.03.2026
Quruvchilarga yangi ekologik majburiyatlar yuklandi
10:00 / 29.03.2026
Lixachyov aytgan trillionlar va budjet gardanidagi futbol - hafta dayjesti
21:40 / 28.03.2026