Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonga kelayotgan turistlar sonida rekord o‘sish qayd etildi
2025 yilning yanvar–oktyabr oylarida 9,7 million nafar chet el fuqarosi turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 50 foizga oshgani bilan rekord darajadagi o‘sishni namoyon etmoqda.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning o‘n oyida jami 9,7 million nafar chet el fuqarosi O‘zbekistonga turistik maqsadlarda kelgan. Taqqoslash uchun, 2024 yilning shu davrida mamlakatga qariyb 6,5 million nafar sayyoh tashrif buyurgan edi. Shu tarzda, bir yil ichida turistlar soni 3,2 million nafarga, ya’ni 50 foizga ko‘paygan.
Turistlar oqimi bo‘yicha yetakchi o‘nta davlat quyidagicha:
- Qirg‘iziston – 2,8 mln nafar;
- Qozog‘iston – 2,3 mln nafar;
- Tojikiston – 2,2 mln nafar;
- Rossiya – 851,9 ming nafar;
- Afg‘oniston – 388,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
- Xitoy – 217,7 ming nafar;
- Turkiya – 148,1 ming nafar;
- Hindiston – 66,1 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.
Mutasaddilarga ko‘ra, turizm infratuzilmasini yaxshilash, viza va chegara rasmiylashtirish jarayonlarini soddalashtirish, yangidan ochilayotgan yo‘nalishlar va tadbirlar mamlakatga bo‘lgan turistik qiziqishni yanada oshirmoqda.
Mavzuga oid
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
09:23 / 26.03.2026
2025 yilda eng ko‘p xonadon Namanganda foydalanishga topshirildi
09:16 / 25.03.2026
O‘zbekistonda tibbiyot sohasida eng ko‘p korxona qaysi davlatlarga tegishli?
11:32 / 24.03.2026