Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, joriy yilning ön oyida jami 9,7 million nafar çet el fuqarosi Özbekistonga turistik maqsadlarda kelgan. Taqqoslaş uçun, 2024 yilning şu davrida mamlakatga qariyb 6,5 million nafar sayyoh taşrif buyurgan edi. Şu tarzda, bir yil içida turistlar soni 3,2 million nafarga, ya’ni 50 foizga köpaygan.
Turistlar oqimi böyiça yetakçi önta davlat quyidagiça:
- Qirğiziston – 2,8 mln nafar;
- Qozoğiston – 2,3 mln nafar;
- Tojikiston – 2,2 mln nafar;
- Rossiya – 851,9 ming nafar;
- Afğoniston – 388,2 ming nafar;
- Turkmaniston – 308,9 ming nafar;
- Xitoy – 217,7 ming nafar;
- Turkiya – 148,1 ming nafar;
- Hindiston – 66,1 ming nafar;
- Koreya Respublikasi – 41,6 ming nafar.
Mutasaddilarga köra, turizm infratuzilmasini yaxşilaş, viza va çegara rasmiylaştiriş jarayonlarini soddalaştiriş, yangidan oçilayotgan yönalişlar va tadbirlar mamlakatga bölgan turistik qiziqişni yanada oşirmoqda.








