Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bojxona kodeksiga qo‘shimcha bojlar bo‘yicha o‘zgartishlar kiritildi
O‘zbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng ko‘p qulaylik berish rejimi qo‘llanadigan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga bojxona bojlari odatiy stavkalar bo‘yicha qo‘llanadi. Bu rejim nazarda tutilmagan davlatlar tovarlari va ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga esa qo‘shimcha bojxona boji joriy etilmoqda.
Foto: Bojxona qo‘mitasi
Yangi qonun bilan Bojxona kodeksiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritildi. Unga ko‘ra, boj tarifi bilan belgilangan stavkalar miqdoridagi bojxona bojlari tovarni jo‘natuvchi yoki eksport qiluvchi mamlakatdan qat’i nazar, O‘zbekiston savdo-iqtisodiy munosabatlarida eng ko‘p qulaylik berish rejimini qo‘llayotgan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan tovarlarga nisbatan qo‘llaniladi.
Shu bilan birga, savdo-iqtisodiy munosabatlarda eңg ko‘p qulaylik berish rejimi nazarda tutilmagan mamlakatlarda ishlab chiqarilgan yoki ishlab chiqarilgan mamlakati aniqlanmagan tovarlarga nisbatan boj tarifidan tashqari qo‘shimcha bojxona boji undiriladi. Uning miqdori quyidagicha belgilab qo‘yildi:
bojxona bojining advalor stavkasi 10 foizgacha bo‘lgan tovarlarga – 5 foiz qo‘shimcha boj;
advalor stavkasi 10 foizdan 20 foizgacha bo‘lgan tovarlarga – 10 foiz qo‘shimcha boj;
advalor stavkasi 20 foizdan 30 foizgacha bo‘lgan tovarlarga – 15 foiz qo‘shimcha boj;
advalor stavkasi 30 foiz va undan yuqori bo‘lgan tovarlarga – 20 foiz qo‘shimcha boj.
Qonunda belgilanishicha, ushbu tartiblar qonun rasmiy e’lon qilingan kunda e’tiboran 3 oy o‘tgach amalga kiritiladi.
Mavzuga oid
09:39 / 27.01.2026
Tramp Janubiy Koreya uchun bojlarni 25 foizgacha oshirishini e’lon qildi
09:31 / 22.01.2026
GFR vitse-kansleri: Trampning bojlardan voz kechganidan xursand bo‘lishga hali erta
11:33 / 20.01.2026
Tramp Makronga 200 foizlik boj kiritish bilan tahdid qildi
08:30 / 19.01.2026