Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Google Gemini sun’iy intellekt platformasida o‘zbek tili joriy etildi
Ta’kidlanishicha, ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy SI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Foto: Reuters
Google Gemini sun’iy intellekt chat-boti o‘zbek tilini joriy qildi, deb xabar berdi Raqamli texnologiyalar vazirligi xabar berdi.
Qayd qilinishicha, Toshkentda bo‘lib o‘tgan «Sun’iy intellekt davrida yetakchilik: strategiya va innovatsiya» panel sessiyasida bu haqda e’lon qilingan. Muhokama ishtirokchilari qatorida bo‘lgan Google Cloud hukumatlar bilan aloqalar va davlat siyosati bo‘yicha rahbari Marina Junich Google Gemini platformasi endi o‘zbek tilini qo‘llab-quvvatlayotganini ma’lum qilgan.
Ta’kidlanishicha, ushbu yangilik O‘zbekistonda raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt ekotizimini rivojlantirishda muhim qadam bo‘lib, mahalliy mutaxassislar, tadbirkorlar va aholi uchun zamonaviy SI yechimlaridan ona tilida foydalanish imkoniyatini yaratadi.
Tadbirda shuningdek, O‘zbekistonning raqamli transformatsiya jarayonlari, sun’iy intellekt sohasidagi global tendensiyalar va xalqaro hamkorlik masalalari ham keng muhokama qilingan.
Mavzuga oid
20:44 / 11.12.2025
Time jurnali sun’iy intellekt me’morlarini «yil odami» deb e’lon qildi
19:24 / 10.12.2025
Apple va Google hamkorlikni e’lon qildi - iPhone’dan Android’ga va aksincha o‘tish osonlashadi
15:28 / 10.12.2025
Toshkentda Higgsfield AI asoschisi Aleks Mashrabovning ma’ruzasi bo‘lib o‘tadi
18:18 / 08.12.2025