Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Pokiston aviakargo tashuvlarini yo‘lga qo‘yishi mumkin
O‘zbekistonning Pokistondagi elchisi Alisher To‘xtayev Pokiston bosh vazirining sanoat masalalari bo‘yicha maxsus yordamchisi – sanoat va ishlab chiqarish vaziri Xarun Axtar Xan hamda Ravalpindi savdo-sanoat palatasi prezidenti Usmon Shavkat bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muzokaralar chog‘ida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish, savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish va ikki mamlakat o‘rtasida aviakargo tashuvlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Foto: Dunyo
Uchrashuvda, shuningdek, muqobil tranzit va logistika yo‘nalishlarini ishlab chiqish, Pokiston fuqarolari uchun elektron viza tartibini joriy etish masalalari ham ko‘rib chiqildi.
Ravalpindi savdo-sanoat palatasi prezidenti Usmon Shavkat yetakchi pokistonlik ishbilarmon doiralari vakillarining O‘zbekistonga amalga oshirgan biznes-missiyasi hamda 10 noyabr kuni Toshkent shahrida o‘tkazilgan International Achievement Awards and Business Opportunities Conference – 2025 doirasidagi biznes-forum natijalari haqida ma’lumot berdi.
Uning ta’kidlashicha, mazkur tadbirlar ikki mamlakat ishbilarmonlari o‘rtasida amaliy aloqalarni mustahkamlash, kooperatsiya loyihalarini ilgari surish va hamkorlikning yangi yo‘nalishlarini shakllantirishga xizmat qilgan.
– Pokistonlik ishbilarmonlarning O‘zbekiston bozoriga qiziqishi tobora ortib bormoqda, – dedi Usmon Shavkat. – O‘zbekistonga amalga oshirilgan biznes-missiya davomida savdo, investitsiya, sanoat, qishloq xo‘jaligi, farmatsevtika va logistika sohalarida o‘zaro manfaatli loyihalar bo‘yicha dastlabki kelishuvlarga erishildi.
Pokiston tomoni aviakargo tashuvlarini yo‘lga qo‘yishga yuqori qiziqish bildirgani qayd etildi. Shu munosabat bilan O‘zbekistonning xususiy aviakompaniyalari va pokistonlik aviatashuvchilar o‘rtasida onlayn uchrashuvlar o‘tkazish taklifi ilgari surildi. Mazkur masalalarni muvofiqlashtirish maqsadida har ikki mamlakat Transport vazirliklari o‘rtasida doimiy muloqotni yo‘lga qo‘yish yuzasidan kelishib olindi.
Muloqot chog‘ida, shuningdek, ikki mamlakat fuqarolari uchun viza tartiblarini soddalashtirish va sayohat hamda biznes aloqalarini yengillashtirish istiqbollari xususida ham fikr almashildi.
Mavzuga oid
20:41 / 06.12.2025
O‘zbekiston va Pokiston o‘rtasida aviaqatnovlar ko‘paytiriladi
12:34 / 25.11.2025
Pokiston kuchlari Afg‘onistondagi aholi uyini bombalashi oqibatida 10 kishi vafot etdi
14:48 / 22.11.2025
Pokiston hukumati O‘zbekiston bilan iqtisodiy kelishuvlar bo‘yicha maxsus vakil tayinladi
12:06 / 12.11.2025