O‘zbekiston | 22:37 / 30.11.2025
1952
1 daqiqa o‘qiladi

Xususiy bandlik agentliklari uchun yangi talablar qo‘yildi

Agentliklar ish boshlashdan oldin BHMning 4 000 barobari miqdoridagi mablag‘ni tijorat bankidagi maxsus depozit hisobvaraqqa joylashtirishi shart.

Foto: 123RF

Xususiy bandlik agentliklari faoliyati kuchaytirilgan moliyaviy kafolatlar asosida amalga oshiriladi, deb xabar berdi Migratsiya agentligi.

Xabarga ko‘ra, agentliklar ishni boshlashdan oldin BHMning 4 000 barobari miqdoridagi mablag‘ni tijorat bankidagi maxsus depozit hisobvaraqqa joylashtirishi shart.

“Mablag‘ni Migratsiya agentligi roziligisiz sarflash mumkin emas. Agar sarflansa — belgilangan muddatda mablag‘ni to‘liq tiklash talab etiladi”, deyiladi agentlik xabarida.

Qayd etilishicha, mablag‘ bank, Migratsiya agentligi va xususiy bandlik agentligi o‘rtasidagi maxsus shartnoma asosida saqlanadi.

Agar xususiy bandlik agentligi qonun buzsa yoki fuqarolar manfaatlariga zarar yetkazsa, Migratsiya agentligi asoslangan talabnoma kiritadi. Bank depozitdan talab qilingan summani olib, Migratsiya jamg‘armasiga o‘tkazadi.

 

Mavzuga oid