Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bir necha marta sudlangan hokim yordamchisi 2 ming dollar bilan ushlandi
Nurafshon shahridagi mahalla fuqarolar yig‘inlaridan birida faoliyat yurituvchi hokim yordamchisi Toshkent shahrida yashovchi fuqaroni mansabdor tanishlari orqali Ekologiya va iqlim o‘zgarishi milliy qo‘mitasining Toshkent viloyati boshqarmasiga ishga joylashtirib qo‘yishni va’da qilib, bu “xizmati” evaziga 2 ming AQSh dollari talab qilgani ma’lum bo‘ldi.
Foto: DXX
Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda hokim yordamchisi so‘ralgan pulni o‘z tanishlari orqali olgan vaqtida ushlanib, uning noqonuniy harakatlariga chek qo‘yilgan.
Ma’lumotga ko‘ra, ushbu shaxs muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lib, qilmishlaridan tegishli xulosa chiqarmagan.
Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28, 211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, qamoq ehtiyot chorasi qo‘llangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.
Mavzuga oid
20:03 / 03.03.2026
Toshkent shahrida IIBBning ikki tezkor xodimi qo‘lga olindi
12:22 / 03.03.2026
FVV xodimiga 30 ming dollar pora taklif qilgan tadbirkor qo‘lga olindi
11:13 / 02.03.2026
9 ming dollar talab qilgan prokuratura xodimi ushlandi
12:52 / 27.02.2026