Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mirobod tumanida Chery haydovchisi piyodani urib yubordi
3 dekabr kuni Mirobod tumanida Chery rusumli avtomashina haydovchisi yo‘lni kesib o‘tayotgan piyodani urib yubordi. Hodisa tartibga solingan piyodalar yo‘lagida sodir bo‘lgan, piyodaga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatildi, surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar IIBB YHXB axborot xizmatiga ko‘ra, joriy yilning 3 dekabr kuni soat 11:20 larda Mirobod tumanida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Yangi zamon – Eski Sarako‘l ko‘chalari chorrahasida Chery rusumli avtomashina haydovchisi tartibga solingan piyodalar yo‘lagidan o‘tayotgan piyodani urib yuborgan.
YTH natijasida piyodaga shifokorlar tomonidan joyida birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati barcha haydovchi va piyodalardan yo‘l harakati qoidalariga qat’iy rioya qilish, ayniqsa, chorrahalar va piyodalar o‘tish joylarida yanada ehtiyotkor bo‘lishni so‘ramoqda.
Mavzuga oid
13:39 / 21.01.2026
Temiryo‘l muzeyi qarshisida ikki avtomobil ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
08:50 / 17.01.2026
Miroboddagi kafe oldida ikki ayol o‘rtasida janjal yuz berdi
19:50 / 12.01.2026
Farg‘onada “prava”siz ayol uch odamni urib yubordi, bir kishi to‘shakka mixlandi: jabrlanuvchilar sud hukmidan norozi
14:00 / 15.12.2025