Ta’lim | 18:52 / 06.12.2025
3749
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda xorijiy OTMlar soni 30 taga yetdi

Jami oliygohlar soni 222 ta bo‘lib, ularda 1,4 mln nafar talaba o‘qiyapti.

Foto: iStock

2024/2025 o‘quv yili boshida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim tashkilotlarining umumiy soni (filiallar bilan birga) 222 tani tashkil etgan. Shundan 30 tasi – xorijiy OTMlardir.

Milliy statistika qo‘mitasining ma’lum qilishicha, 222 ta oliygohda 1 432 810 nafar talaba tahsil olmoqda.

Talabalarning ta’lim shakli bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:

  • kunduzgi ta’lim shakli – 707 287 nafar
  • sirtqi ta’lim shakli – 673 424 nafar
  • kechki ta’lim shakli – 52 099 nafar

Avvalroq Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning ijara kompensatsiyasi bilan bog‘liq muammo chiqqani, buning ortidan mas’ullarga intizomiy jazo qo‘llangani xabar qilingandi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid