2024/2025 öquv yili boşida Özbekistonda faoliyat yuritayotgan oliy ta’lim taşkilotlarining umumiy soni (filiallar bilan birga) 222 tani taşkil etgan. Şundan 30 tasi – xorijiy OTMlardir.
Milliy statistika qömitasining ma’lum qilişiça, 222 ta oliygohda 1 432 810 nafar talaba tahsil olmoqda.
Talabalarning ta’lim şakli böyiça taqsimoti quyidagiça:
- kunduzgi ta’lim şakli – 707 287 nafar
- sirtqi ta’lim şakli – 673 424 nafar
- keçki ta’lim şakli – 52 099 nafar
Avvalroq Andijon davlat tibbiyot institutida talabalarning ijara kompensatsiyasi bilan boğliq muammo çiqqani, buning ortidan mas’ullarga intizomiy jazo qöllangani xabar qilingandi.

















