Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkent havosida PM2,5 miqdori ma’lum qilindi
2025 yil 6 dekabr kuni soat 09:00 holatiga ko‘ra, atmosfera havosi ifloslanishini avtomatik rejimda kuzatish stansiyalari ma’lumotlariga binoan, Toshkent shahri havosida PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori ruxsat etilgan me’yordan oshgan holda qayd etildi.
Monitoring natijalariga ko‘ra:
🔹 PM10 mayda dispersli zarrachalar miqdori 96 mkg/m³ ni tashkil etdi. Ushbu ko‘rsatkich belgilangan ruxsat etilgan me’yordan (REM — 300 mkg/m³) oshmagan;
🔺 PM2,5 mayda dispersli zarrachalar miqdori 74 mkg/m³ ga yetgan bo‘lib, ruxsat etilgan me’yor (60 mkg/m³) dan 1,2 marta yuqori ekani qayd etildi.
PM2,5 — inson nafas yo‘llariga chuqur kirib borishi mumkin bo‘lgan mayda zarrachalar bo‘lib, ularning me’yordan oshishi havo sifati pasayganidan dalolat beradi. Bunday paytlarda ayniqsa bolalar, keksalar va surunkali nafas yo‘llari yoki yurak-qon tomir kasalliklari bo‘lgan shaxslar uchun ehtiyot choralariga rioya qilish tavsiya etiladi.
Shu bilan birga, havo holati doimiy ravishda avtomatik stansiyalar orqali kuzatib borilyapti, aniqlangan ko‘rsatkichlar asosida atmosfera havosini me’yorga keltirish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar ko‘rish uchun mas’ul idoralarga ma’lumotlar taqdim etilishi qayd etilmoqda.
Mavzuga oid
09:42 / 05.12.2025
Toshkent havosida PM2,5 miqdori me’yordan oshdi
10:06 / 04.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: 4 dekabr kuni ham RM2,5 me’yordan oshdi
10:21 / 03.12.2025
Toshkentda havo ifloslanishi: RM2,5 miqdori me’yordan 1,2 marta oshdi
10:14 / 02.12.2025