Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda ilk marta 7 oylik bolaga jigar ko‘chirib o‘tkazildi
Chaqaloqqa onasi jigarining bir qismi ko‘chirib o‘tkazildi. Bu dunyoning kam sonli davlatlarida amalga oshiriladigan juda yuqori texnologik amaliyot hisoblanadi.
Foto: Sog‘liqni saqlash vazirligi
O‘zbekistonda birinchi marta 7 oylik go‘dakka jigar ko‘chirib o‘tkazildi, deb xabar berdi Sog‘liqni saqlash vazirligi.
Operatsiya Bolalar milliy tibbiyot markazida muvaffaqiyatli o‘tkazilgan, bolaga onasi donorlik qildi. Ta’kidlanishicha, Xorazm viloyati, Gurlan tumanidan kelgan Mag‘fura Aminova farzandining ham, o‘zining ham ahvoli yaxshi ekanini ma’lum qilgan.

Markaz direktori Baxtiyorjon Umarov so‘zlariga ko‘ra, bu turdagi operatsiya dunyodagi sanoqli davlatlarda yo‘lga qo‘yilgan.
«Bugun nafaqat Bolalar milliy tibbiyot markazi tarixida, balki O‘zbekiston tibbiyotida yangi tarix. Cababi, bir yoshgacha bo‘lgan bolalarda jigar transplantatsiyasi ilk marotaba amalga oshirilyapti. Bu dunyoning kam sonli davlatlarida amalga oshiriladigan juda yuqori texnologik amaliyot hisoblanadi», dedi u.
Ta’kidlanishicha, ayni paytda ona va bola shifokorlar nazoratida va o‘zini yaxshi his etmoqda.
«Donor - bolaning onasi, uning jigari parchasi, ya’ni ikkita segment - sektor o‘tkazildi. Bemorning operatsiyadan keyingi holati juda qoniqarli. Onasiga bugun javob berdik, u to‘la sog‘lom. Bolaning holati juda qoniqarli. Yaqinda bolani ham javob berishga tayyorlayapmiz», dedi markaz bo‘lim boshlig‘i Mansur Nosirov.
Mavzuga oid
22:23 / 02.12.2025
Ilk marta 3D-printerda bosilgan shoh parda bemorning ko‘rish qobiliyatini tikladi
12:02 / 24.11.2025
Transplantatsiya amaliyoti uchun tibbiy xulosalar berish tartibi belgilandi
16:19 / 02.09.2025
Spirtli ichimliklar ichakdagi himoya tizimini izdan chiqarib, jigar tabiiy mudofaasini zaiflashtiradi – yangi tadqiqot
23:16 / 27.08.2025