Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Ashxoboddagi Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘ydi
O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 dekabr kuni Ashxobod shahrida Betaraflik monumenti poyiga gul qo‘yish marosimida ishtirok etdi.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Ashxobodda Turkmanistonning insonparvarlik g‘oyalari, tinchlik, bunyodkorlik va ezgulik tamoyillariga sodiqligini ifodalovchi Betaraflik va «Betaraflikning 30 yilligi» yodgorliklarini o‘z ichiga olgan majmua hamda unga tutash landshaftli bog‘ qayta qurildi.
Mazkur majmua Turkmaniston doimiy betarafligining 30 yilligi va Xalqaro tinchlik hamda ishonch yilini nishonlashga tayyorgarlik doirasida yangilanib, tantanali ravishda ochilgan.

Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev boshqa xorijiy delegatsiyalar rahbarlari bilan birga monument poyiga gul qo‘ydi.

Mavzuga oid
08:53 / 23.03.2026
Toshkent va Ashxobod o‘rtasida iqtisodiy hamkorlik kuchaytiriladi
11:45 / 24.02.2026
Har payshanba - vazirlik va hokimliklarda «Yoshlar kuni» bo‘ladi
11:08 / 24.02.2026
«22 milliondan ziyod yoshlar timsolida katta iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy kuchni ko‘ramiz» – prezident
08:44 / 24.02.2026