Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Erdo‘g‘an Turkiyaning G‘azo bo‘yicha pozitsiyasi o‘zgarmasligini aytdi
Turkiya hukumati Falastin muammosini ikki davlatchilik asosida hal qilish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Foto: AP Photo
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an G‘azo sektoridagi inqirozni bartaraf etish masalasida Turkiyaning pozitsiyasi o‘zgarmasligini aytdi.
"Biz zarur qadamlarni amalga oshirmoqdamiz, qat’iy qadam tashlashda davom etamiz, bu masalada tutgan pozitsiyamizdan aslo chekinmaymiz. Agar chekinsak, Alloh oldida ham, G‘azo oldida ham javob bera olmaymiz", - dedi Erdo‘g‘an mahalliy oliy o‘quv yurtlari talabalari bilan uchrashuvi chog‘ida.
Turkiya hukumati Falastin muammosini ikki davlatchilik asosida hal qilish zarurligini bir necha bor ta’kidlagan.
Erdo‘g‘an Ashxobodda o‘tkazilgan Xalqaro tinchlik forumida qilgan chiqishida G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish rejimini o‘rnatish va mintaqaga gumanitar yordam yetkazish Turkiyaning ustuvor vazifalari ekanligini aytdi.
Mavzuga oid
20:32 / 20.02.2026
Tinchlik kengashining ilk yig‘ilishi: ular G‘azoga tinchlik olib keladimi?
10:10 / 19.02.2026
G‘azo bo‘yicha xat atrofidagi mojaro: Berlinale senzurani inkor etmoqda
19:09 / 16.02.2026
Yuzlab o‘zbekistonliklar Isroilning G‘azoga qarshi urushida qatnashgan – Al Jazeera
13:48 / 16.02.2026