Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Arsen Dlyanchev: iventlartni taloto‘psiz, uzilishlarsiz va asabbuzarliklarsiz o‘tkazish yo‘li
Unique Present Media Holding holdingi asoschisi Arsen Dlyanchev budjetdan chiqib ketmaslik, artistlarning kechikishlariga va maydonda taloto‘p ro‘y berishiga yo‘l qo‘ymaslik haqida so‘zlab berdi.
Foto: Unique Present Media Holding
O‘zbekistonda iventlar bozori rivojlanmoqda: davlat tuzilmalari va xususiy sektor tadbirlardan kommunikatsiya va obro‘ni mustahkamlash vositasi sifatida foydalanmoqda.
Unique Present Media Holding — iventlar bozoridagi eng yirik qatnashchilardan biri. Muassis Arsen Dlyanchev va boshqaruvchi hamkor Dinislom Nosirov boshqaruvi ostida holding yiliga yuzlab tadbirlarni tashkil etadi. Unique Present portfelidan turfa xil miqyosdagi keyslar: amaliy uchrashuvlardan Toshkent xalqaro investitsiya forumi, prezidentning tadbirkorlar bilan muloqoti, Islom taraqqiyot banki guruhining har yilgi yig‘ilishi kabi salmoqli voqealargacha joy olgan.
Ko‘pincha buyurtmachilar Unique Present mutaxassislariga o‘xshash muammolar bilan murojaat qiladi. Quyida mijozlar duch keladigan 6 ta odatiy vaziyatni, shuningdek, ularni chetlab o‘tish imkonini beruvchi yechimlarni keltiramiz.
Menejyer aloqaga chiqmayapti
Agentlikda aniq biznes-jarayonlar qurilmagan bo‘lsa, ariza yo‘qolib qolishi, menejerning javobi cho‘zilib ketishi mumkin. Unique Present’da mijozlar bilan ishlash standartlashtirilgan: reglamentlar, rollar va kiruvchi murojaatlarni qayta ishlash tartibi qat’iy belgilangan. Jumladan, javob berilmagan qo‘ng‘iroq avtomatik ravishda zanjir bo‘ylab – kichik mutaxassisdan menejerga, keyin katta menejerga va boshqaruvchi hamkorga uzatiladi.

Qo‘shimcha ravishda CRM-tizim qo‘llanadi. U topshiriqning dolzarb maqomini ko‘rish, ish bosqichlarini kuzatish va buyurtmachi bilan o‘zaro aloqaning muhim nuqtalari qolib ketmasligini ta’minlaydi. Bu hol mijoz javobsiz qolib ketishi yoki o‘zi haqida eslatishga majbur bo‘lishi kabi vaziyatlarni istisno qiladi.
Ishchi guruhda agentlikning kamida uchta mutaxassisi buyurtmachi bilan doimo birga bo‘ladi: menejer, katta menejer va ivent-direktor. Ulardan biri aloqaga chiqmasa, boshqasi bog‘lanadi. Biroq bunday model qo‘shimcha resurs talab qiladi: Unique Present shtatida 80 dan ziyod kishi mavjud. Bu katta hajmlarni qamrab olish va so‘rovlarga tezkor munosabat bildirish imkonini beradi.
Moliyaviy shaffoflikning mavjud emasligi
Ivent-menejer uchun tasdiqlangan budjet doirasida harakat qilish va hisob-kitoblarning shaffofligini ta’minlash muhim. Buning uchun smeta muayyan pozitsiyalarga taqsimlanadi. Xizmatlarni qo‘shish yoki olib tashlash orqali mijoz yakuniy summa qanday o‘zgarishini ko‘radi.
Uzoq davom etuvchi kelishuv sikllarida, ba’zida kutilmagan vaziyatlar yuzaga keladi. Masalan, bir gal smeta tasdiqlanib bo‘lgandan keyin tadbir maydonchasi egalari xizmat narxini 25 foizga oshiradi. Shunda Unique Present jamoasi rahbariyat bilan muzokaraga chiqdi va eski narxni saqlab qolishga erishdi.
Vau-effektning ro‘y bermasligi
Ivent-agentliklarga e’tirozlar ichida eng ko‘p uchraydiganlaridan biri – qolipdagi ssenariy: bir xil tanlovlar, bir xil boshlovchilar. Bunday bo‘lmasligi uchun Unique Present’da alohida kreativ jamoa faoliyat yuritadi. Uning vazifasi – taymingni to‘ldirish emas, balki brend g‘oyasi va xarakterini yuzaga chiqarishdir. Ssenariy mehmonlar o‘zlari bilan olib ketadigan hissiyotlar atrofida quriladi. Unique Present’ning asosiy qoidasi – mijozga u kutganidan ko‘proqni berish. Bu shunchaki tadbir o‘tkazish emas, balki uzoq yodda qoladigan yechimlar yoki jihatlarni qo‘shishni anglatadi.

Unique Present kreativ bo‘limi yuksak standartlarga ega. Barcha yechimlar in-house ishlab chiqiladi – agentlik tashqi studiyalarga murojaat qilmaydi, balki iventlar o‘tkazish uchun charxlangan o‘z jamoasi bilan ishlaydi. Ko‘pincha agentlik dizaynerlari bonus sifatida konseptni 3Dʼda chizib beradi, shunda mijoz maydon, dekoratsiya va asosiy hududlar qanday ko‘rinishini oldindan tasavvur qila oladi.
Ko‘plab ivent-menejerlarning QZK (KVN)dan kelgani jamoaga pishiqlik, yumor hissi va hayratga solish mahoratini berdi. Bu esa, tadbirlarni jonli va boshqalarga o‘xshamas bo‘lishini ta’minlovchi yangi g‘oyalarni topishga yordam beradi.
Muddat o‘tib ketishi
Ishonchli agentlik fors-majorlar hal etiladigan emas, balki ularning oldi olinadigan tizimni quradi. Unique Present’da har bir loyiha o‘z yo‘l xaritasiga, chek-listi va ichki trekerlariga ega. Ular muddatlarni nazoratda ushlashni va muhim vazifalar qolib ketmasligini ta’minlaydi.
Tadbirlar maydonchalari bilan uzoq muddatli va samarali hamkorlik tufayli agentlik preferensiyalarga – masalan, ortiqcha to‘lovlarsiz, montaj uchun qo‘shimcha soatlarga ega bo‘ladi. Bu maydonchani vaqtliroq topshirish va repetitsiyalar hamda qo‘shimcha brifinglar uchun vaqtdan yutish imkonini beradi. Bunday yondashuv stress darajasini kamaytiradi, shoshmashosharlikning oldini oladi va mijozning natijadan xavotir olmasligini ta’minlaydi.
Maydonchadagi tartib
Vahima – pudratchilar kech qolganda, artistlar ssenariyni bilmaganda mijozda kuzatiladigan tabiiy reaksiya. Bunday vaziyatda buyurtmachining o‘zi muvofiqlashtiruvchi bo‘ladi. Unique Present’da maydonchada, albatta, katta menejer bo‘ladi, u artistlar va texnik jamoadan to ofitsiantlargacha – barcha oqimlarni boshqaradi. Mijoz mas’ul shaxs emas, kuzatuvchi sifatida qoladi. Bu buyurtmachilarning tashkiliy jihatlar bilan shug‘ullanmay, o‘zlarining muhim vazifalariga e’tibor qaratishlariga xizmat qiladi. Bundan tashqari, holdingning boshqaruvchi hamkorlari, tizim barcha miqyoslarda ishlayotganiga amin bo‘lish uchun, shaxsan kelgani loyihalarni tasodifiy tartibda tanlaydi.

Tadbirlardagi tartib va taymingga rioya etilishi, jumladan, pudratchilarga bog‘liq. Unique Present guruhiga faqat ishonchli kompaniyalar qabul qilinadi. Agentlik har bir sherikni tekshiradi va uning texnik imkoniyatlari, jamoa tarkibi, rahbariyati va sh.k. axborotni ichki bazaga kiritadi.
Bozordagi 15 yillik faoliyati davomida agentlik Unique Present standartlaridan xabardor va astoydil ishlaydigan sinalgan yetkazib beruvchilar ro‘yxatini shakllantirgan. Hamkorlar xolding yiliga yuzlab tadbirlar o‘tkazishini va keyingi loyihada qatnashish oldingisi qanday o‘tkazilganiga bog‘liqligini yaxshi tushunishadi.
Ishlar tahlilining mavjud emasligi
Tadbirdan keyin natijani qayd etish muhim: qatnashchilar jalb etilgani, tashriflar soni, PR-samara. Buyurtmachilar bu ma’lumotlardan hisobotlarda, shuningdek, kommunikatsion rejalarni tahrirlashda yoki yangi strategiyalarni ishlab chiqishda foydalanadi. Shu sababli, jamoa PR-ivent yakunlari bo‘yicha raqamlar, xulosalar va tavsiyalarni o‘z ichiga olgan hisobot tayyorlaydi.
Bundan tashqari, ivent-menejer, albatta, qayta aloqa to‘playdi, 2-3 kundan keyin esa, mijoz bilan mustaqil xodim bog‘lanadi. Uning vazifasi – o‘zaro aloqalar yuzasidan samimiy bahoni eshitish. Agar buyurtmachi norozi bo‘lgan bo‘lsa, jamoa vaziyatni tahlil qiladi va yo menejerni almashtiradi, yoki xatolar ustida ishlaydi. Shu tariqa, har bir tadbir agentlik uchun o‘sish nuqtasi bo‘ladi.
Har qanday budjetda tadbirni uzilishlar va ortiqcha asablarsiz, balki ham mehmonlar, ham rahbariyatga manzur natija bilan uyushtirish mumkin. Unique Present portfelida – turli ko‘lam va topshiriqlarga ega loyihalar mavjud. up.uz saytida ular qanday amalga oshirilganligini ko‘rish va o‘z tadbiringiz uchun g‘oyalar olish mumkin.
Facebook | Instagram | Web-sahifa