Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Titanik» filmi rejissyori Jyeyms Kemeron milliarderga aylandi
1980-yillardan beri Kemeronning filmlari deyarli 9 milliard dollar daromad keltirdi va bu daromaddan uning ulushi shaxsiy boyligining asosiy qismini tashkil qiladi.
Foto: AP
Kanadalik rejissyor Jyeyms Kemeronning boyligi 1 mlrd dollardan oshdi, deb yozdi Forbes. Bunga «Titanik» va «Avatar» kabi kassabop filmlar sabab bo‘lgan.
1980-yillardan beri Kemeronning filmlari deyarli 9 milliard dollar daromad keltirdi va bu daromaddan uning ulushi shaxsiy boyligining asosiy qismini tashkil qiladi. Asosiy loyihalar qatoriga «Avatar», «Titanik», «Terminator» va «Begonalar» filmlari kiradi.
Kemeronning o‘zi esa boy ekanini inkor etadi. «Men milliarder bo‘lishni istardim. Bu qandaydir bitimlarni nazarda tutadi, menda esa ular bo‘lmagan», dedi u jurnalist Mettyu Belloniga bergan intervyusida.
Bundan tashqari, Kemeron yaqin oylarda yanada boyib ketadi - Forbes hisob-kitoblariga ko‘ra, u «Avatar: Alanga va kul» filmi uchun soliqlar va yig‘imlarni to‘lashdan oldin kamida 200 million dollar ishlab topadi.
Kemeron yuk mashinasi haydovchisi bo‘lib ishlagan, keyin New World Pictures kompaniyasida haftasiga 175 dollar maosh bilan Rojyer Korman yordamchisi bo‘lgan. Uning debyut ishi «Piranya 2» (1981) filmi edi, ammo kelishmovchiliklar tufayli u ikki haftadan keyin ishdan bo‘shatildi. «Terminator» filmi esa muvaffaqiyat qozondi: 6,4 million dollarlik budjet bilan film 78 million dollar yig‘di va butun franshiza taxminan 2 milliard dollarni tashkil etdi.
Kino olamidagi boshqa milliarderlar orasida Jorj Lukas («Yulduzlar jangi» franshizasi), Stiven Spilberg («O‘zga sayyoralik», «Jag‘lar»), Piter Jyekson («Xobbit» va «Uzuklar hukmdori») va Tayler Perri («Sevgi haqida qo‘shiq») bor.
Mavzuga oid
19:38 / 24.11.2025
«Zita va Gita» filmidagi bosh rol ijrochisi Dharmendra vafot etdi
19:59 / 22.11.2025
Saida Mirziyoyeva Qatardagi kino festivaliga tashrif buyurdi
18:12 / 17.11.2025
Tom Kruz kinoga qo‘shgan hissasi uchun faxriy «Oskar» mukofotini oldi
18:14 / 16.10.2025