Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha strategiya ishlab chiqildi
Prezident Shavkat Mirziyoyevga 2026–2030 yillarda bolalarni zo‘ravonlikning barcha shakllaridan himoya qilish bo‘yicha ishlab chiqilgan strategiya to‘g‘risida axborot berildi.
Foto: Shutterstock
Strategiya bolalar uchun zo‘ravonlikdan holi muhit yaratish, zo‘ravonlik xavfi ostidagi bolalarni barvaqt aniqlash hamda jabrlanuvchi yoki guvoh bo‘lgan bolalarga kompleks xizmatlar ko‘rsatishni asosiy maqsad qilib olgan.
Mazkur hujjat doirasida bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlarining oldini olish, xavf ostidagi bolalar bilan erta bosqichda ishlash, bolalar va ularning oilalariga ijtimoiy, psixologik, ta’lim va huquqiy xizmatlarni taqdim etish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlar belgilangan.
Strategiyada bolalar bilan ishlashda ijtimoiy yondashuvga asoslangan kichik hajmli, ochiq formatdagi markazlar faoliyatini yo‘lga qo‘yish, har bir bola bo‘yicha individual ish rejalarini shakllantirish hamda bolaning ta’lim olishi va jamiyatga integratsiya qilinishiga qaratilgan choralar nazarda tutilgan.

Shuningdek, bolalarning huquqiy himoyasini ta’minlash maqsadida protsessual harakatlarda bolalar manfaatlarini kafolatlash, bolalar bilan ishlaydigan mutaxassislarni maxsus tayyorgarlikdan o‘tkazish hamda bolalarga oid ishlarda idoralararo hamkorlikni kuchaytirish vazifalari belgilangan.
Strategiya doirasida ijtimoiy xavfli bolalarni ta’lim bilan qamrab olish imkoniyatlarini kengaytirish, muqobil joylashtirish mexanizmlarini rivojlantirish, kasbga yo‘naltirish hamda bolalarni jamiyatga moslashtirishga qaratilgan choralar ko‘zda tutilgan.
Oilalar bilan ishlash yo‘nalishida esa bolaga nisbatan zo‘ravonlik xavfini kamaytirish, ota-onalarni qo‘llab-quvvatlash, psixologik va ijtimoiy xizmatlarni tashkil etish bo‘yicha alohida vazifalar belgilangan.
Shu bilan birga, bolalarni ijtimoiy himoya qilish sohasidagi ma’lumotlarni yagona elektron platforma asosida yuritish, bolalarga nisbatan zo‘ravonlik holatlari bo‘yicha yagona hisob va monitoring tizimini joriy etish strategiyaning muhim yo‘nalishlaridan biri etib belgilangan.
Prezident belgilangan vazifalarni amalga oshirishda ijtimoiy himoya va bolalarni himoya qilish sohalarida tizimli yondashuvni ta’minlash, ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar ijrosini doimiy nazoratda ushlash bo‘yicha mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.
Mavzuga oid
21:24 / 17.12.2025
Ijtimoiy himoya tizimi takomillashtiriladi
19:46 / 17.12.2025
Qalovini topsa, qor ham yonadi: bezoriligi uchun 8 yilga qamalgan Akmal Shukurovni apellyatsiya sudi ozodlikka chiqarib yubordi
19:10 / 17.12.2025
«Konstitutsiyaviy shikoyat» instituti samaradorligi oshiriladi
18:08 / 17.12.2025