O‘zbekiston | 15:00
819
5 daqiqa o‘qiladi

Bonfesto Cooking: eng yaxshi oshpazlar tanlaydigan professional pishloq oilasi

Bonfesto brendi O‘zbekistonga yumshoq va yarim qattiq pishloqlar: motsarella, rikotta, maskarpone, kremchiz va provoletta bilan kirib kelgan. Assortiment professional oshxona va uyda foydalanish uchun ishlab chiqilgan.

Foto: Bonfesto Cooking

“Mazali O‘zbekiston – 2025” II xalqaro gastronomik festivalida Belarus oshpazlarining milliy jamoasi muvaffaqiyatli qatnashdi. Uning hamkori professionallar uchun mo‘ljallangan pishloqlar brendi – Bonfesto Cooking bo‘ldi.

Biz tahsinga sazovor oshxonaning poydevorini faqatgina bosh oshpaz iqtidori emas, balki u ishlatadigan mahsulotlar sifati ham tashkil etishiga ishonamiz. Professional musobaqalarni qo‘llab-quvvatlab, biz gastronomik madaniyat rivojiga hissa qo‘shamiz, ekspertlik tajribamiz bilan o‘rtoqlashamiz va professionallarga o‘z salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishlarida yordamlashamiz”, – deya qayd etdilar brend vakillari.

Belarus pazandalari jamoaviy hisobda yetakchi uchlikdan joy oldilar va 32 ta ishtirokchi-mamlakat orasida 3-o‘rinni egalladilar. Individual nominatsiyalarda ular “Restoran deserti” uchun ikkita kumush medalni, art-obekt uchun bronza, baliqdan asosiy taom uchun kumush va bronza, shuningdek qizil go‘shtdan asosiy taom uchun oltinni qo‘lga kiritdilar.

Xalqaro e’tirofdagi Belarus pishloqlari

Brend uchun xalqaro musobaqa – bu vijdonli va barqaror hamkorlikka sodiqlikni tasdiqlash vositasidir. Turov sut kombinati yumshoq va yarim qattiq pishloqlar: motsarella, motsarella pitssa, rikotta, maskarpone, kremchiz ishlab chiqarishga qaratilgan ixtisoslashgan korxona sanaladi. Turov sut kombinati chiqaradigan mahsulotlar sifatining isbotini eksportdagi muvaffaqiyatda ko‘rish mumkin: pishloqning 80 foizdan ortig‘i chet elga yetkazib beriladi.

Mahsulot ikkita asosiy brend ostida chiqariladi:

  • Bonfesto Cooking – oziq-ovqat industriyasi (Food Service) professionallari uchun brend.
  • Bonfesto – chakana tarmoqlar uchun brend.

Bonfesto va Bonfesto Cooking O‘zbekistondagi restoratorlar, bosh oshpazlar, riteylerlar va xonadonlardagi pazandalar bilan birgalikda mintaqaning gastronomik madaniyatini rivojlantirish yo‘lida hamkorlik uchun ochiq.

O‘zbekistondagi hamkorlarimiz bugungi kunda barqaror sifat, mahsulot bilan ishlashda oldindan ma’lum natija va yetkazib berishning uzluksizligini talab qiladilar. Belarusning Bonfesto pishloqlari bu vazifalarning hammasini uddalaydi: ular “halol” standartlariga javob beradi, barqaror ta’m va texnologik xarakteristikaga ega, professional oshxonaga moslashtirilgan va bosh oshpazlar hamda riteylerlarga import logistikasi va sifat o‘zgarishi borasidagi xatarlarsiz ishlash imkonini beradi”, – deya qayd etdi Turov sut kombinati OAJning Markaziy Osiyoda rivojlanish bo‘yicha direktori Maksim Borisenko. “Restoranlar uchun bu har bir taomda barqaror natijani anglatsa, riteyl uchun – xaridorlar ishonchi va takroriy sotuvlar, xonadonlardagi pazandalar uchun esa – bu hamyonbop va ishonchli mahsulotdan yevropacha taomlar tayyorlash imkoniyatidir”.

Maksim Borisenko, “Turov sut kombinati" OAJ Markaziy Osiyoda rivojlanish bo‘yicha direktori [email protected]

 

Professionallar va riteyl uchun pishloqlar assortimenti

Bonfesto brendi Yevropa taomlariga qiziqish o‘sib borishi fonida O‘zbekiston chakana tarmoqlaridagi mavjudlikni kengaytirmoqda. Supermarketlar assortimentidagi klassik motsarella, desertlar uchun rikotta va mayin maskarpone autentik italyancha taomlarni uyda tayyorlash imkonini beradi.

Pishloqlar oilasida Bonfesto’ning xiti – Kremchiz tvorogli pishlog‘i alohida maqomga ega. Uning mayin teksturasi va qaymoqli ta’mi chizkeyklar, pishiriqlar uchun kremlar tayyorlashga ideal darajada mos keladi. Kremchiz nonushtaning tezkor varianti sifatida ham keng ishlatiladi: pishloqni nonga, tost yoki obinonga surtish oson, bu esa sanoqli daqiqalarda butun oila uchun mazali va to‘yimli tamaddi hozirlash imkonini beradi.

Bonfesto — bu turli-tuman yaxshi pishloqlarning oilasigina emas. Bu oshpazlar, restoratorlar va pazandalarning retseptlarda, taqdimda, barqaror natijada yangi imkoniyatlar kashf etishiga yordam beruvchi vositadir. Xalqaro miqyosdagi tanlov taomlaridan tortib oilaviy dasturxongacha – mahsulot ishlatishda tushunarli, tayinli va vijdonli bo‘lib qolaveradi.

Bonfesto’ning har bir pishlog‘i ortida izchil texnologiya, mahsulotga ehtirom va uning ustida ishlaydiganlarga e’tibor turadi. Aynan shu sababli brend ham professional oshxonada, ham chakana tarmoqda o‘zini birdek dadil his qiladi. Bonfesto va Bonfesto Cooking O‘zbekistonga bir martalik yetkazib berish bilan kelmagan, balki biznes uchun, gastronomiya industriyasi va har kun sifatni tanlaydigan insonlar uchun ishonchli hamkor bo‘lish niyati bilan tashrif buyurgan. Zero, haqiqiy gastronomiya mahsulot imkoniyatlarni ochgan joyda boshlanadi.

 Instagram | www.turovmilk.by | www.bonfesto.by

Tayyorlagan:  Kun.uz Admin