Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Hisob palatasiga yangi audit vakolatlari berildi
“Davlat auditi va moliyaviy nazorati faoliyatini yanada takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. Hujjatga ko‘ra, 2026 yil 1 yanvardan Hisob palatasi faoliyati har 5 yilda kamida bir marta tashqi baholashdan o‘tkaziladi.
Farmonda tashqi baholash jarayoni INTOSAI hamda xalqaro darajada tan olingan boshqa tashkilotlar metodologiyalari asosida amalga oshirilishi belgilangan. Bunda baholash ishlari kelishuv doirasida xalqaro tashkilotlar yoki xorijiy davlatlarning oliy audit organlari tomonidan o‘tkazilishi mumkin.
Shuningdek, tashqi baholashni tashkil etishda mustaqillik va ochiqlik tamoyillariga alohida urg‘u berilgan. Jumladan, baholash jarayonini tashkil qilish, faoliyatga oid zarur ma’lumotlarni taqdim etish hamda natijalarni jamoatchilik uchun e’lon qilish nazarda tutilgan.
Farmon bilan Hisob palatasiga qator yangi audit vakolatlari ham berildi. Xususan, xalqaro moliya institutlari va xorijiy hukumat moliya tashkilotlari murojaatlari hamda texnik topshiriqlari asosida, ularning mablag‘lari hisobidan mamlakatimizda amalga oshirilayotgan loyihalarning moliyaviy auditini o‘tkazishga ruxsat etildi.
Bundan tashqari, xalqaro tashkilotlarning tanlovlarida ishtirok etish yoki o‘zaro kelishuvlar orqali ularning faoliyati, loyihalari va dasturlari bo‘yicha auditlarni amalga oshirish imkoniyati belgilandi.
Mavzuga oid
14:52 / 14.11.2025
“Davlat auditi” dasturida ro‘yxatga olinmagan tekshiruvlar noqonuniy deb topiladi
21:59 / 23.07.2025
Budjet tizimidagi kamchiliklar sun’iy intellekt orqali bartaraf etiladi
17:00 / 12.02.2025
O‘zbekiston Respublikasi Hisob palatasi va Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish instituti o‘rtasida hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yildi
20:32 / 20.01.2025