Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Olmazor tumani ayrim hududlarida elektr ta’minotida uzilishlar kuzatilishi mumkin
Joriy yilning 19–23 dekabr kunlari Toshkent shahri Olmazor tumanining ayrim hududlarida elektr energiyasi ta’minotida zarur holatlarda qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Ma’lum qilinishicha, tumanning ayrim hududlarini elektr energiyasi bilan ta’minlovchi 110/35/10 kV kuchlanishli “Sag‘bon” podstansiyasida modernizatsiya dasturi doirasida yangi o‘rnatilgan 110–35–10 kVli elektr qurilmalarini ishga tushirish, sinov-sozlash ishlarini xavfsiz olib borish hamda yuklamani teng taqsimlash maqsadida vaqti-vaqti bilan elektr ta’minotida vaqtinchalik uzilishlar bo‘lishi ehtimol qilinmoqda.
Xususan, “Ahil”, “Bo‘stonobod”, “G‘alaba”, “Gulsaroy”, “Islom ota”, “Istiqbol”, “Moyariq”, “Oltinsoy”, “Paxta”, “Qichqiriq”, “Tabassum”, “Tepaguzar”, “Umid”, “Yangi Toshkent”, “Yoshlik” hamda “Elparvar” MFYning ayrim hududlarida qisqa muddatli uzilishlar kuzatilishi mumkin.
Shu bilan birga, ta’mirlash va sinov-sozlash ishlari belgilangan muddatdan avvalroq yakunlanishi ham ehtimol ekani qayd etildi.
“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ mazkur ishlar tufayli elektr ta’minotida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan vaqtinchalik uzilishlar sababli aholi va iste’molchilardan yetkazilayotgan noqulayliklar uchun uzr so‘radi.
Mavzuga oid
14:53
Hududlarda elektr ta’minoti bilan bog‘liq uzilishlar kuzatilyapti
11:12 / 11.12.2025
Toshkentda soliq inspektorlari 10 million so‘m pora olgan paytida ushlandi
11:44 / 10.12.2025
Toshkentning ikki tumanida elektr ta’minotida uzilish ro‘y berdi
09:11 / 10.12.2025