O‘zbekiston | 18:58 / 20.12.2025
931
2 daqiqa o‘qiladi

Talabalar tomonidan 9 oy ichida 500ga yaqin jinoyat sodir etilgan

Oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga Face-ID kamera va turniketlar o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lsa-da, huquqiy hujjat qabul qilinmaganligi natijasida ayrim oliy ta’lim tashkilotlarida ushbu tizim o‘rnatilmagan.

Foto: IIV

Senat yalpi majlisida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Q. Sharipovga talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish yuzasidan yuborilgan parlament so‘rovi natijalari ko‘rib chiqildi.

Unda senatorlar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan bir qatorda sohada o‘z yechimini kutayotgan masalalarga ham e’tibor qaratildi.

Qayd etilishicha, oliy ta’lim muassasalari yotoqxonalariga talabalar kirish-chiqishini monitoring qilishni raqamlashtirish maqsadida Face-ID kamera va turniketlar o‘rnatish maqsadga muvofiq bo‘lsa-da, huquqiy hujjat qabul qilinmaganligi natijasida ayrim oliy ta’lim tashkilotlarida ushbu tizim o‘rnatilmagan.

Joriy yilning 9 oyi davomida talabalar tomonidan 487 ta jinoyat sodir etilgan. Bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 105 taga yoki 13 foizga kam bo‘lsa-da, oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ma’naviy-ma’rifiy ishlarni olib borish hamda ota-onalar bilan uzviy hamkorlikni yo‘lga qo‘yishga yetarli e’tibor qaratilmaganligi sababli talabalar o‘rtasidagi jinoyatchilik to‘liq bartaraf qilinmagan.

Senatorlar yoshlarga yaratilayotgan imkoniyatlardan to‘g‘ri va oqilona foydalanish lozimligi hamda yoshlarning jinoyat sodir etishining oldini olish bilan birga jinoyatchilikka qarshi kurashish lozimligi haqida fikrlar bildirdi.

Muhokama yakunida Senatning tegishli qarori qabul qilindi.

Mavzuga oid