Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor yakuniy o‘yini bo‘lib o‘tdi
Toshkentda 7 dekabr kuni Uklon haydovchilari o‘rtasida BYD Chazor avtomobili final o‘yini bo‘lib o‘tdi. Aksiya uch oydan ortiq davom etdi va Uklon Driver ilovasida buyurtmalar va maxsus topshiriqlarni bajargan haydovchilarni birlashtirdi.
Foto: Uklon
Yutuqli o‘yin haqida
Aksiya 20 avgustdan 20 noyabrgacha Uklon Driver ilovasida o‘tkazildi. Haydovchilar bajarilgan sayohatlar uchun “yulduzlar” olishdi — har bir yulduz avtomobil yutuqli o‘yinida ishtirok etish uchun bir imkoniyat taqdim etdi.
Yakuniy yutuqli o‘yin g‘olibi aksiya shartlarini bajargan va noyob raqamlarni qo‘lga kiritgan ishtirokchilar o‘rtasida onlayn randomayzer yordamida tasodifiy ravishda aniqlandi.
Yakuniy o‘yin qanday o‘tdi?
Aksiyada servisning dastur shartlarini bajargan va yakuniy o‘yinga qadar noyob raqamlarni olgan 10 mingdan ortiq haydovchilari ishtirok etdi.
Aksiya finali sharafiga Uklon servis haydovchilari va kompaniya vakillari ishtirokida yirik tadbir tashkil etdi. Uchrashuvga uch yuzdan ortiq ishtirokchilar jam bo‘ldilar, yutuqli o‘yin esa onlayn jonli efir orqali uzatildi.
Bosh sovrin — BYD Chazor avtomobilidan tashqari — aksiya doirasida avvalroq 20 sentabr va 20 oktyabr sanalarida ikki oraliq yutuqli o‘yinlar o‘tkazilgandi hamda ularda ishtirokchilar Apple va Samsung smartfonlari, planshet, smart soatlar va quloqchinlar, televizor, muzlatgich va kir mashinasi, shuningdek avtomobil uchun zarur gadjet hamda aksessuarlar — videoregistrator, radar detektor, avtomagnitola va avtomobil gilamchalari to‘plamini yutib olgandilar. Uchinchi, yakuniy yutuqli o‘yin esa tadbirning o‘zida o‘tkazildi.
Tadbirda avtomobil yutuq o‘yinidan tashqari, Uklon haydovchilari uchun referal dastur joriy etilishi haqida ham ma’lumot berildi. Dasturning ishlash tartibi juda oddiy: haydovchi ilovadagi shaxsiy kodi orqali tanishini taklif qilishi mumkin. Taklif qilingan shaxs dastlabki 10 ta buyurtmani bajarganidan so‘ng, ikkala tomon ham bonuslar oladi. Bunda taklif qilgan haydovchi 200 000 so‘m, yangi ishtirokchi esa 150 000 so‘m miqdorida bonus oladi.
Yutuqli o‘yin g‘olibi kim bo‘ldi?
Yakuniy o‘yin g‘olibi Uklon servisi haydovchilaridan biri Sevinchbek J. bo‘ldi.
“Men aksiyada hech qanday kutuvlarsiz qatnashdim, shunchaki odatdagidek buyurtmalarni bajarib, ilovadagi yulduzlar sonini kuzatib bordim. Oxirgi daqiqagacha raqamim g‘olib chiqishini xayolimga ham keltirmagandim. Albatta, jarayonni kuzatish qiziqarli edi, ammo so‘nggi lahzalargacha aynan mening raqamlarimdan biri g‘olib bo‘lishiga ishonmagandim”, — deya natijalar e’lon qilingach, taassurotlarini bo‘lishdi Sevinchbek Jo‘rayev.
Uklon marketing bo‘yicha direktori Elin Xanlarov bunday turdagi tashabbuslar haydovchilar hamjamiyati bilan muloqotni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilganini ta’kidladi.
“Haydovchilar bilan tushunarli va shaffof munosabatlar o‘rnatish biz uchun juda muhim. Bunday tadbirlar faqatgina sovrinlar haqida emas, balki haydovchilarni jalb etish, ular bilan muloqot qilish, yuzma-yuz uchrashish, ularning fikr-mulohazalarini tinglash va yaqinroq tanishib olish imkoniyati hamdir”, — dedi u.
Uklon — avtomobillar chaqirish bo‘yicha onlayn servis yaratgan mahsulot-servis yo‘nalishidagi bir nomdagi AT kompaniya. 2025-yil aprel oyidan boshlab kompaniya korporativ huquqlarining 97% qismi Ukrainadagi eng yirik elektron aloqa operatori hisoblangan Kyivstar'ga tegishli hisoblanadi. Kyivstar 160 milliondan ziyod mijozlarga xizmat ko‘rsatuvchi VEON xalqaro guruhi tarkibiga kiradi. VEON telekommunikatsiyalar, raydheyling, striming, tibbiyot texnologiyalari, moliya texnologiyalari va boshqa sohalarda xizmatlar taqdim etadi. VEON aksiyalari NASDAQ birjasida kotirovkalanadi.
Sayt: https://uz.uklon.eu/
Instagram: https://www.instagram.com/uklondriver_uz/
Telegram: https://t.me/uklondriveruz
Reklama huquqi asosida
Mavzuga oid
14:59 / 22.09.2025
Uklon: safar uchun -70% gacha chegirma!
17:00 / 27.08.2025
Uklon xizmati haydovchilari orasida BYD Chazor avtomobili tanlovi o‘tkazilmoqda
17:00 / 06.05.2025
Uklonʼda taksi haydovchilari uchun katta tadbir o‘tkazildi!
12:00 / 18.07.2024