O‘zbekiston | 19:30 / 25.12.2025
519
2 daqiqa o‘qiladi
Reklama

Cenomi Group: O‘zbekistonda xalqaro brendlar uchun imkoniyatlar kengayyapti

Toshkent, 2025 yil 17 dekabr – O‘zbekistonda ZARA, ZARA HOME, BERSHKA, MASSIMO DUTTI, PULL&BEAR, STRADIVARIUS va OYSHO brendlarining rasmiy vakili bo‘lgan Cenomi Group to‘g‘ridan to‘g‘ri importyorlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan O‘zbekiston hukumati tomonidan joriy etilgan yangi chora-tadbirlar munosabati bilan ZARA HOME assortimentni kengaytirish rejalari haqida ma’lum qiladi.

Foto: Cenomi Group

2025 yil 13 dekabr kuni imtiyozli import shartlariga taalluqli bo‘lgan tovarlar toifalari ro‘yxatini kengaytiruvchi PQ-374-sonli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori qabul qilindi.

Cenomi Group savdoni liberallashtirish va investitsiya muhitini yaxshilashga qaratilgan davlat siyosatini ijobiy baholab, izchil islohotlar O‘zbekistonda xalqaro brendlar ishtirokini kengaytirishga xizmat qilayotganini qayd etadi. Mazkur qaror qabul qilinishi munosabati bilan kompaniya O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiga rasmiy maktub yo‘llab, ushbu chora-tadbirlarning bozor rivoji va xalqaro savdo standartlarini joriy etishdagi ahamiyatini ta’kidladi.

Vaziyatga izoh berar ekan, Cenomi Group’ning O‘zbekistondagi direktori Zaradesht Xamid Xamou yangi shartlar kompaniyaga assortimentni sezilarli darajada yaxshilash imkonini berishini, bu esa O‘zbekiston iste’molchilariga yetakchi jahon poytaxtlaridagi darajaga mos tanlov va servisni taqdim etishga xizmat qilishini ta’kidladi.

Cenomi Group O‘zbekistonda xizmat sifati va chakana savdo bozorining barqaror rivojlanishiga yo‘naltirilgan uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini izchil amalga oshirib kelmoqda.

Reklama

Mavzuga oid