O‘zbekiston | 13:02
4423
2 daqiqa o‘qiladi

Abdumannop Bo‘riyev biznes-ombudsman lavozimiga tayinlandi

O‘zbekiston prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik sub’yektlari huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakili (biznes-ombudsman) lavozimiga Abdumannop Abdurahmadovich Bo‘riyev tayinlandi. 

Foto: Telegram / davlat_boshqaruvi

Biznes ombudsman sifatida 2017 yildan beri ishlab kelgan Dilmurod Qosimov 2025 yil mart oyida bosh prokuror o‘rinbosari etib tayinlanganidan keyin, uning sobiq lavozimi vakant bo‘lib qolayotgan edi.

Abdumannop Bo‘riyev – parlament deputati. U tayinlovga qadar Qonunchilik palatasining Korrupsiyaga qarshi kurashish va sud-huquq masalalari qo‘mitasi a’zosi sifatida faoliyat yuritib kelayotgandi.

Bo‘riyev 1986 yilda Toshkent viloyati Bekobod shahrida tug‘ilgan. Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti hamda Strategik tahlil va istiqbolni belgilash oliy maktabini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2011 yilda Adliya vazirligi Yuridik shaxslarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi 1-toifali ish yurituvchi kotibi sifatida boshlagan. 2013–2017 yillarda Toshkent shahar adliya boshqarmasida bosh maslahatchi va bo‘lim boshlig‘i bo‘lib ishlagan. 2019–2022 yillarda Adliya vazirligi bo‘lim boshlig‘i, Tashkiliy-nazorat va tahlil boshqarmasi boshlig‘i lavozimlarida faoliyat yuritgan. 2022–2025 yillarda Farg‘ona viloyati adliya boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, Biznes-ombudsman instituti – tadbirkorlikni rivojlantirishdagi byurokratik to‘siqlarni bartaraf etish, ishbilarmonlik muhitini yaxshilash va tadbirkorlar huquqiy himoyasini kuchaytirish kabi yo‘nalishlarda ish olib borishi nazarda tutilgan. 

Mavzuga oid