Jahon | 07:24
2718
2 daqiqa o‘qiladi

Reyting: dunyoda so‘zlashuvchilar umumiy soni bo‘yicha eng keng tarqalgan tillar

Til global muloqot, madaniyat va iqtisodiy hamkorlikni shakllantirishda hal qiluvchi o‘rin tutadi. Ayrim tillar ona tili bo‘lgan ko‘p sonli aholi tufayli ustunlik qiladi, boshqalari esa ikkinchi til sifatida keng qo‘llanishi hisobidan dunyo miqyosida ahamiyat kasb etadi.

Foto: AP

Tegishli infografikada Ethnologue ma’lumotlariga tayanib, 2025 yilda dunyo tillaridan ona tili sifatida so‘zlashuvchilar va ona tili bo‘lmagan holda (ikkinchi til sifatida) so‘zlashuvchilar ulushi taqqoslangan.

Ingliz tili so‘zlashuvchilar umumiy soni bo‘yicha birinchi o‘rinni egallaydi — dunyo bo‘ylab taxminan 1,53 milliard kishi inglizcha gapiradi.

Shu bilan birga, ingliz tilini ona tili deb biluvchilar soni bor-yo‘g‘i 390 million atrofida. Ya’ni inglizcha so‘zlashuvchilarning qariyb 75 foizi bu tildan ikkinchi til sifatida foydalanadi. Bu esa ingliz tilini biznes, fan, texnologiya va xalqaro kasblardan tortib turli sohalarda odamlar o‘rtasidagi muloqot uchun yetakchi tilga aylantiradi. Umuman olganda, Yer shari aholisining taxminan 18,8 foizi ingliz tilida gapiradi, ammo ularning faqat to‘rtdan birigina tilning haqiqiy ona tili egalari hisoblanadi.

Shimoliy xitoy tili — mandarin ikkinchi o‘rinda turadi: unda taxminan 1,18 milliard kishi so‘zlashadi. Ingliz tilidan farqli o‘laroq, u asosan ona tili sifatida ishlatiladi: mandarin tilida so‘zlashuvchilarning 83 foizdan ortig‘i bu tilda bolaligidan gapiradi.

Undan keyin hind va ispan tillari keladi — dunyoda eng keng tarqalgan navbatdagi tillar. Hindcha taxminan 609 million kishi gapiradi, bu yerda ona tilida so‘zlashuvchilar va ikkinchi til sifatida ishlatuvchilar nisbati nisbatan muvozanatliroq, bu esa Hindistonning ko‘p tilli xususiyatini aks ettiradi.

Ispan tili esa aynan ona tili sifatida keng tarqalgan tillardan biri sifatida ajralib turadi: ispancha so‘zlashuvchilarning qariyb 87 foizi uni birinchi til sifatida qo‘llaydi. Uning asosiy tarqalgan hududlari — Ispaniya, Lotin Amerikasi mamlakatlari va AQShning ayrim mintaqalari.

Mavzuga oid