O‘zbekiston | 08:53
2565
1 daqiqa o‘qiladi

Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori vazir o‘rinbosari etib tayinlandi

Prezident qarori bilan O‘ktam Salomov oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Tayinlovga qadar u Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori sifatida faoliyat yuritgan. 

Foto: Oliy ta’lim vazirligi

Prezident qaroriga muvofiq, Salomov O‘ktam Rahimovich Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining o‘rinbosari etib tayinlandi

Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘ktam Salomov tayinlovga qadar Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori lavozimida ishlab kelgan. 

U 1977 yil Buxoro viloyatida tug‘ilgan, fan doktori (DSc) va professor. Turli yillarda Andijon mashinasozlik instituti hamda Toshkentdagi Turin politexnika universitetida rektor, shuningdek, oliy ta’lim tizimida vazirning birinchi o‘rinbosari kabi rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan. 

2025 yil may oyida Vazirlar Mahkamasining tegishli qarori bilan O‘ktam Salomov Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori etib tayinlangan, ungacha esa 2021 yildan buyon Farg‘ona politexnika instituti rektori vazifasida ishlab kelgan.

Mavzuga oid