Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ugam–Chotqoldagi meteostansiya xodimi harbiylar yordamida evakuatsiya qilindi
Ugam–Chotqol tog‘ tizmasining borish qiyin hududida joylashgan «Oygaying» yuqori tog‘li meteorologik stansiyasida og‘ir ahvolda qolgan xodim Harbiy-havo kuchlari vertolyoti yordamida tungi vaqtda evakuatsiya qilinib, Chirchiqdagi tibbiyot muassasasiga yetkazildi.
Foto: Videodan kadr
Joriy yilning 5 yanvar kuni O‘zgidromet rahbariyati Ugam–Chotqol tog‘ tizmasining borish qiyin, murakkab relefga ega hududida joylashgan «Oygaying» yuqori tog‘li meteorologik kuzatuv stansiyasida xizmat olib borayotgan xodim og‘ir ahvolda qolganini ma’lum qildi. Shu munosabat bilan Mudofaa vazirligidan uni Harbiy havo kuchlari yordamida evakuatsiya qilishda ko‘mak so‘ralgan.
Murojaatdan so‘ng Mudofaa vazirligi Harbiy-havo kuchlarining navbatchi qidiruv-qutqaruv vertolyoti jalb qilinib, tungi vaqtda qutqaruv tadbirlari amalga oshirilgan. Natijada meteostansiya xodimi tezkor tarzda evakuatsiya qilinib, Chirchiq shahridagi tibbiyot muassasasiga yetkazilgan.
Ma’lum qilinishicha, shifokorlar tomonidan unga o‘z vaqtida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Mavzuga oid
19:21 / 13.11.2025
Qozog‘istonda yo‘lda qolib ketgan avtobusdan 36 nafar o‘zbekistonlik qutqarildi
13:17 / 05.09.2025
Germaniya O‘zbekistonga Afg‘onistondan evakuatsiya bo‘yicha yordam uchun minnatdorlik bildirdi
19:06 / 21.06.2025
Erondan 60 ga yaqin O‘zbekiston fuqarolari vatanga qaytarildi
11:21 / 27.12.2024