Kun davomida Kun.uz yoritgan muhim mahalliy yangiliklar bilan taniştiramiz.
Toşkentda taksiçilardan pul undirgan jinoiy guruh qölga olindi
Toşkent şahri – Yaşnobod tumani yönalişida taksi xizmati körsatuvçi haydovçilarga bosim ötkazib, tahdid qiliş orqali noqonuniy daromad orttiriş maqsadida özboşimçalik bilan oylik ölpon joriy etgan guruh a’zolari qölga olindi.
IIV ma’lumotiga köra, guruh yetakçisi sifatida Alimqulov Şerzod Umaraliyeviç jinoiy şeriklari bilan birgalikda haydovçiga kuç işlatib, tan jarohati yetkazgan. Arzçining hayoti va soğliğiga ziyon yetkaziş bilan qörqitib, Yaşnobod tumani hududida qatnovni davom ettirişi evaziga oldindan 2 oylik tölov sifatida 810 AQŞ dollari olgan.
Holat yuzasidan jinoiy guruh yetakçisi va uning şeriklariga nisbatan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sirdaryoda tadbirkorlar mulki sud qarorisiz buzilmoqda
Sirdaryo viloyati, Guliston şahri, Navoiy şohköçasida joylaşgan yengil tipdagi savdo dökonlarini 8 yanvar kuni majburiy tartibda buziş boşlandi. Murojaatçilarga köra, buziş işlari sud qarorisiz, kompensatsiyasiz, tezkorlik bilan amalga oşirilgan. Arzçilar IIBga olib ketilayotgani aytilmoqda.
Bu hudud 2007 yilda Guliston şahar hokimligining qarori bilan yengil tipdagi savdo dökonlari quriş uçun ajratilgan. Şu yerda 30 dan ortiq tadbirkor qariyb 18 yil davomida rasman faoliyat yuritib kelgan. Ularning aytişiça, şu yillar mobaynida soliqlar tölangan, faoliyatga heç qanday e’tiroz bildirilmagan.
Tadbirkorlar sözlariga köra, şahar hokimligi vakillari dökon egalaridan qisqa vaqt içida savdo obektlarini özlari buzib taşlaşni talab qilgan. Aks holda, oğir texnika yordamida buzib taşlanişi aytilgan. Ayrim mulkdorlar sud qarori taqdim etilişini sörab, buzişga qarşi çiqqan.











