Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nukus–Toshkent reysi Urganchdagi muqobil aerodromga yo‘naltirildi
Nukus xalqaro aeroportida kuzatilgan noqulay ob-havo sharoiti tufayli Uzbekistan Airways aviakompaniyasining Nukus-Toshkent yo‘nalishidagi HY11 reysi ekipaji xavfsizlik talablaridan kelib chiqqan holda Urganch shahridagi muqobil aerodromga yo‘l olishga qaror qildi.
Foto: Uzbekistan Airports
Ma’lum qilinishicha, parvozni amalga oshirayotgan ekipaj Nukus aeroportidagi meteosharoitlar qo‘nish va parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olgan. Shu bois reys belgilangan tartibda mo‘ljallangan aerodrom o‘rniga muqobil aerodrom sifatida Urganch aeroportiga yo‘naltirilgan.
Aviaxavfsizlik qoidalariga ko‘ra, bunday holatlarda qaror ekipaj tomonidan mavjud ob-havo ma’lumotlari, aeroportning qabul qilish imkoniyati va parvoz xavfsizligi omillariga tayanib qabul qilinadi.
Reysning keyingi harakatlari (jadvaldagi o‘zgarishlar) ob-havo sharoitining yaxshilanishi va aeroportlar qabul qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yo‘lovchilarga reys bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni aviakompaniya va aeroport xizmatlari orqali kuzatib borish tavsiya etiladi.
Mavzuga oid
14:08 / 02.03.2026
Ayrim hududlar aholisiga bog‘cha puli kamaytirib beriladi
10:13 / 02.03.2026
Jidda-Toshkent repatriatsiya parvozlari yo‘lga qo‘yiladi
09:24 / 13.02.2026
Toshkent, Yangi Toshkent va Nukusda kreativ parklar tashkil etiladi
12:24 / 12.02.2026