Ma’lum qilinishicha, parvozni amalga oshirayotgan ekipaj Nukus aeroportidagi meteosharoitlar qo‘nish va parvozlar xavfsizligiga ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini inobatga olgan. Shu bois reys belgilangan tartibda mo‘ljallangan aerodrom o‘rniga muqobil aerodrom sifatida Urganch aeroportiga yo‘naltirilgan.
Aviaxavfsizlik qoidalariga ko‘ra, bunday holatlarda qaror ekipaj tomonidan mavjud ob-havo ma’lumotlari, aeroportning qabul qilish imkoniyati va parvoz xavfsizligi omillariga tayanib qabul qilinadi.
Reysning keyingi harakatlari (jadvaldagi o‘zgarishlar) ob-havo sharoitining yaxshilanishi va aeroportlar qabul qilish imkoniyatidan kelib chiqqan holda belgilanadi. Yo‘lovchilarga reys bo‘yicha yangilangan ma’lumotlarni aviakompaniya va aeroport xizmatlari orqali kuzatib borish tavsiya etiladi.











