Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Milliarderlar qaysi xususiy orollarda yashaydi: infografika
Dunyodagi eng boy odamlar shaxsiy orol sotib olishga intiladi. Infografikada milliarderlarga tegishli ayrim orollar, ularning maydoni (akrda) va narxi ko‘rsatilgan.
Foto: AP
Eng katta xususiy orollar, asosan, texnologik gigantlar asoschilari va aksiyadorlariga tegishli. Eng yirik orol egasi — Oracle direktorlar kengashi raisi Larri Ellison. U 2012 yilda Havayi atrofida joylashgan Lanay orolining 98 foiz qismini 300 million dollarga sotib olgan. Orolning maydoni taxminan 36,5 ming gektar (90 ming akr). Taqqoslash uchun: Lixtenshteyn maydoni — 16 ming gektar.
Computershare asoschisi Kris Morris ikki orol — Orfey va Pelorus orollariga egalik qiladi. Avstraliyaning Kvinslend hududi yaqinida joylashgan ushbu orollarning umumiy maydoni 1,7 ming gektar (4,2 ming akr).
Red Bull asoschisi Ditrix Mateshits 2003 yilda Fiji hududidagi Laukala orolini 10 million dollarga sotib olgan. Orol maydoni — 1,4 ming gektar (3,5 ming akr).
Orol narxiga faqat maydon emas, balki uning joylashuvi, iqlimi va taqdim etilgan qulayliklar ham ta’sir qiladi. Masalan, Ellison faqat yerni sotib olmagan: narx tarkibiga ikkita kurort, golf maydonlari va infratuzilma ham kirgan.
Mavzuga oid
07:19 / 26.12.2025
Boylar geografiyasi: qaysi shaharlarda milliarderlar ko‘proq?
17:19 / 14.11.2025
Boylarni rom etgan megapolislar. Milliarderlar asosan qaysi shaharlarda yashaydi?
23:52 / 20.11.2024
Dunyoda milliarderlar soni va ularning umumiy boyligi oshdi
21:35 / 19.01.2021