Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shahar qiyofasini qavatlar belgilaydi: eng baland binolar reytingi
Qurilishdagi qavatlar soni shaharlarning umumiy ko‘rinishiga ta’sir qiladi. Infografikada dunyo mamlakatlari eng baland (ko‘p qavatli) binolardagi qavatlar soniga qarab turli ranglarda ajratib ko‘rsatilgan.
Foto: AP
Osmono‘par binolar ko‘p mamlakatlarda quriladi, ammo dunyoda 100 qavatdan baland binolar unchalik ham ko‘p emas. Eng ko‘p qavatli osmono‘par bino — Dubaydagi Burj-Xalifa (BAA). Unda texnik qavatlarni hisobga olmagan holda 162 qavat bor (ayrim manbalarda 163 deb ko‘rsatiladi).
Ikkinchi o‘rinda Shanhaydagi (Xitoy) Shanhay minorasi — 128 qavat. Qavatlar soni bo‘yicha uchinchi bino Seulda (Janubiy Koreya) joylashgan: Lotte World Towerda 123 qavat bor.
G‘arbiy yarimshardagi eng ko‘p qavatli bino — Chikagodagi Uillis-tauer. Unda 108 qavat bor. Yevropada eng ko‘p qavatli bino sifatida Moskvadagi «Federatsiya minorasi (Sharq)» ko‘rsatiladi — unda 95 qavat. U balandligi bo‘yicha Sankt-Peterburgdagi «Laxta Tsentr»dan ortda qolsa-da, qavatlar soni jihatidan «Sharq» uni ortda qoldiradi.
Yevropada osmono‘par binolar dunyoning boshqa qismlariga nisbatan ancha kam quriladi. Ayrim shaharlarda esa umuman ko‘p qavatli binolar qurishga taqiq mavjud. Parijda bir nechta baland binolar bor bo‘lsa-da, ular mahalliy aholi noroziligiga sabab bo‘lgan. Xususan, 2023 yilda shaharda 12 qavatdan baland binolar qurilishi taqiqlangan. Shunga o‘xshash cheklovlar avval ham joriy etilgan, biroq keyinchalik bekor qilingan holatlar bo‘lgan.