O‘zbekiston | 09:11
4085
1 daqiqa o‘qiladi

Farzandlikka olish uchun huquqiy asoslar ro‘yxati e’lon qilindi

Qonunchilikka muvofiq, yetim bolalar hamda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalarni aniqlash, ularni muqobil joylashtirish shakllariga yo‘naltirish va hisobga olish tartibi belgilangan. Shu tartib asosida hisobga olingan bolalar farzandlikka olinishi mumkin.

Foto: Getty Images

Qonunchilikka ko‘ra, quyidagi toifaga mansub bolalar farzandlikka olinadi:

— ota-onasi vafot etgan bolalar;
— ota-onasi ota-onalik huquqidan mahrum etilgan bolalar;
— ota-onasi sud tomonidan muomalaga layoqatsiz deb topilgan bolalar;
— ota-onasi bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan bo‘yin tovlagan bolalar;
— ota-onasi bir yildan ortiq muddat davomida bolalar muassasalari yoki tibbiy muassasalardagi bolasidan uzrli sabablarsiz xabar olmagan bolalar;
— ota-onasi tarbiyalash, davolash muassasalaridan, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasidan va boshqa muassasalardan bolasini olishdan bosh tortgan bolalar;
— ota-onasi bedarak yo‘qolgan yoki vafot etgan deb e’lon qilingan bolalar.

Mutaxassislar fikriga ko‘ra, mazkur huquqiy asoslar bolalar manfaatlarini himoya qilish, ularni oila muhiti bilan ta’minlashga xizmat qiladi.

Mavzuga oid