Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
JShShIRni qanday aniqlash mumkin?
Bu raqamlar to‘plami bank, poliklinikada, ishga yoki o‘qishga kirishda, aviachipta sotib olish yoki soliq to‘lashda kerak bo‘lishi mumkin. Xullas, shaxsingizni tasdiqlash talab etiladigan har qanday joyda. Quyida uni qanday aniqlash mumkinligini ko‘rib chiqamiz.
ID-kartadagi JShShIR
Bu raqam ID-kartaning orqa tarafida nomer naxoditsya na oborotnoy storone v dvux mestax:
- Shaxsiy raqami/Personal number degan yozuv ostida
- O‘ngdagi birinchi satrdagi 14ta raqam
JShShIR — Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami. U pasport ma’lumotlaringizni olish va kimligingizni tasdiqlash uchun kerak. U tug‘ilgan paytdan beriladi va butun umr davomida o‘zgartirilmaydi.
Pasportdagi JShShIR
Pasportda bu raqamni asosiy ma’lumotlar joylashgan ikkinchi sahifada topasiz. U o‘ng pastki burchakda joylashgan 14 ta raqam bo‘lib, satrdagi oxirgi ikki raqam JShShIRga kirmaydi.
JShShIRni onlayn aniqlash
my.soliq saytida «JShShIRingizni aniqlang» xizmati tanlanib, pasport/ID-karta seriya va raqami hamda tug‘ilgan sana kiritiladi. Akkauntga kirish shart emas.
JShShIRni onlayn tarzda yana qanday aniqlash mumkin
JShShIRni davlat xizmatlari saytlarida shaxsiy kabinetda, ayrim bank va to‘lov ilovalarida aniqlash mumkin. Birinchi marta kirilganida pasport yoki ID-karta ma’lumotlari, JShShIR ko‘rsatiladi yoki raqamli imzodan foydalanish mumkin.
Ilovalarda bu ma’lumotlarni saqlab qo‘yish va PIN-kod yoki barmoq izi orqali ochish mumkin.
Bu servislarda JShShIRni foydalanuvchi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘limidan topasiz.
- OneID — onlayn davlat xizmatlarida shaxsingizni tasdiqlash xizmati.
- MyID — onlayn davlat xizmatlarida shaxsingizni tasdiqlash uchun ilova.
- To‘lov ilovalari. Ayrim bank va to‘lov ilovalarida ham JShShIRni ko‘rish mumkin.
- my.gov interaktiv davlat xizmatlari portali.
- my.soliq.uz - soliq organlarining elektron davlat xizmatlari portali
JShShIR to‘g‘risidagi ma’lumotnomani qanday olish mumkin
Ma’lumotnomani my.gov portalida «Jismoniy shaxsning shaxsiy identifikatsiya raqami haqida ma’lumotnoma olish» bo‘limida olish mumkin.
Bolaning JShShIRini qanday bilish mumkin
Bolaning va boshqa oila a’zolarining JShShIRini my.gov portalidagi Mening oilam bo‘limida bilish mumkin.
Farzand tug‘ilish guvohnomasi 2022 yildan keyin berilgan bo‘lsa, JShShIRni ushbu hujjatda ham ko‘rish mumkin.
Agar JShShIRni yuqoridagi usullar orqali aniqlay olmasangiz, pasport stoli yoki davlat xizmatlari markaziga murojaat qiling.
Xulosa
- JShShIR ID-karta va pasportda albatta ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu raqam sizning shaxsingizni tasdiqlaydi.
- Agar yoningizda pasport yoki ID-karta bo‘lmasa, JShShIRni onlayn aniqlash mumkin.
- Oila a’zolaringiz JShShIRini my.gov portalining Oila bo‘limida bilishingiz mumkin.