Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
1200 dan ortiq odamga soxta “prava” qilib berganlar ustidan tergov ketmoqda
Davlat xizmatlari markazlarining xodimlari va boshqalar sodir etgan haydovchilik guvohnomalarini soxtalashtirish jinoyati bo‘yicha tergovni Bosh prokuratura o‘tkazmoqda. Jinoyat ishi doirasida 8 ta hududda 1 200 nafardan ortiq fuqaroga soxta hujjatlar rasmiylashtirib berilgani aniqlangan. Soxta guvohnoma olganlarning 455 nafari 1305 marta qoida buzgan, 9 nafari esa YTH sodir etgan, natijada 6 kishi jarohatlanib, 3 kishi halok bo‘lgan.
Foto: Kun.uz
Haydovchilik guvohnomalari soxtalashtirilgani holati yuzasidan Davlat xizmatlari markazi xodimlari va boshqalarga nisbatan tegishli moddalar bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishi bo‘yicha Bosh prokuraturada tergov harakatlari olib borilmoqda.
Tergov jarayonida 8 ta viloyatda — Toshkent shahri, Surxondaryo, Samarqand, Sirdaryo, Namangan, Navoiy, Andijon va Qashqadaryo hududlarida 1 200 nafardan ortiq fuqarolarga soxta haydovchilik guvohnomalari rasmiylashtirib berilganligi aniqlangan.
Tahlillar natijasida, soxta guvohnomalarni olgan fuqarolarning 455 nafari 1 305 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani ma’lum bo‘ldi. Shuningdek, 9 nafar shaxs yo‘l-transport hodisasi sodir etgan bo‘lib, oqibatda 6 nafar fuqaro tan jarohati olgan, 3 nafari vafot etgan.
Jinoyat ishining keng hajmliligi va murakkabligidan kelib chiqib, Bosh prokuraturada maxsus tergov-tezkor guruhi tuzilgan. Hozirda soxta guvohnomalar hamda ularni rasmiylashtirishga asos bo‘lgan barcha hujjatlar to‘liq tekshirilib, tergov harakatlari rejalashtirilgan tartibda davom etmoqda.
Fuqarolarga ma’lum qilinishicha, haydovchilik guvohnomasini faqat qonunchilikda belgilangan tartibda olish lozim. Soxta hujjatlardan foydalanish qonun bilan taqiqlangan bo‘lib, belgilangan tartibda javobgarlikka sabab bo‘ladi.
Mavzuga oid
16:03 / 24.01.2026
Olis mahallalarda davlat xizmatlari “bir qadam” tamoyili asosida ko‘rsatiladi
12:04 / 21.01.2026
Pensiyani naqd shaklga o‘tkazish osonlashdi
19:55 / 26.12.2025
O‘zbekistonda ID-kartani qanday olish mumkin?
13:54 / 22.12.2025